“Yoshlar ovozi” gazetasida Oyina.uz materiallaridan iborat sahifa chop etildi

Saqlash
18:03 / 23.03.2024 1845 0

“Yoshlar ovozi” gazetasi Oyina.uz portalining yoshlar auditoriyasiga mo‘ljallangan sara maqolalaridan parchalarni bir sahifaga jamlab, mushtariylariga taqdim qildi. Materiallar bilan batafsil tanishishni istaganlar uchun QR-kod tarzida link ham berilgan.

 

Gazeta sahifasidan:

 

“Navro‘z bayrami tarixi va transformatsiyasi”;

 

“Otingiz nima?”;

 

“90-yillar avlodi o‘rnatgan o‘yin qoidalari”;

 

“Yoshlar mutolaasi: Tarjimon Mirzohid Muzaffardan 5 kitob tavsiyasi” kabi maqolalardan iqtiboslar o‘rin olgan.

 

Ma’lumot o‘rnida: “Yoshlar ovozi” gazetasi muassisi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, bosh hamkori esa O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hisoblanadi. Bosh moharriri – Hamza Abdullayev. Gazeta hozirda A-2 formatda, 10 367 nusxada chop qilinmoqda.

 

“Yoshlar ovozi” gazetasining 2024-yil 20-martdagi 07-08 (16 610)-sonini ushbu link orqali o‘qishingiz mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish