Jamiyat
Toshkent shahrida “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev Zafarovich qoʻlga olingani toʻgʻrisida xabar berilgandi. Toshkent shahar jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tuman sudi Toshkent shahar IIBB binosida Baxtiyor Qudratullayevga doir ishni koʻrib chiqqan. Toshkent shahar sudi axborot xizmati ushbu maʼlumotni tasdiqlagan.
Sud qarori matnida keltirilishicha, 29-noyabr kuni Baxtiyor Qudratullayev Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi (IIO xodimini qonuniy talabini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Sud qarori bilan unga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.
Avvalroq 1971-yilda tugʻilgan Baxtiyor Qudratullayev Jinoyat kodensining 165-modda 3-qismi (juda koʻp miqdorda tovlamachilik), 276-modda 2-qismi (koʻp miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash) bilan gumonlanib qoʻlga olingani aytilgandi.
Avvalroq Toshkent shahrida profilaktik tadbir davomida “Salimboy” nomi bilan tanilgan Salim Abduvaliyev qoʻlga olindi. 1950-yilda tugʻilgan Abduvaliyev Salim Qirgʻizboyevich (248-modda 1-qismi, oʻqotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash) gumon qilinuvchi tarzida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan.
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109726
Jamiyat
94105
Jamiyat
89892
Jamiyat
73091
Jamiyat
//
Izoh yo‘q