Jamiyat
“Salimboy” va “Salimboyvachcha” nomlari bilan tanilgan 73 yoshli tadbirkor Salim Abduvaliyev protsessual tartibda ushlandi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB xabar berdi.
Salim Abduvaliyev Jinoyat kodeksining 248-moddasi 1-qismi (Oʻqotar qurolni qonunga xilof ravishda saqlash)bilan gumon qilinuvchi tarzida jalb etilib, protsessual tartibda ushlangan. Avvalroq unga nisbatan tergovga qadar tekshiruv boshlangani aytilgandi.
U 2017-yil yanvar oyidan buyon Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari va mamlakat sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi lavozimlarida ishlab kelayotgandi. Abduvaliyev sport faoliyatiga qoʻshgan hissasi uchun 2015-yilda “Doʻstlik” ordeni, 2021-yilda esa “Xizmat koʻrsatgan sport murabbiyi” unvoni bilan taqdirlangan.
“Hurmatli fuqarolar, agar siz jinoiy guruh aʼzolaridan jabr koʻrgan boʻlsangiz yoki ularning jinoiy xatti-harakatlari boʻyicha maʼlumotlarga ega boʻlsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni soʻraymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi”, — deyiladi xabarda.
Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan “koʻcha guruhlari” va jinoiy guruhlarni aniqlash va qoʻlga olish boʻyicha keng koʻlamli reydlar oʻtkazilmoqda. Tezkor chora-tadbirlar poytaxtda jinoyatchilik bilan bogʻliq vaziyatni yaxshilashga qaratilgan.
Bungacha Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan mashhur Saidaziz Saydaliyev qoʻlga olingandi. Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, u va yana bir necha kishi tovlamachilik ishi boʻyicha gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan. Maʼlum qilinishicha, ular pul evaziga odamlar qarzini undirib bergan.
Shuningdek, “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni poytaxtda qoʻlga olingani xabar qilindi. Bundan tashqari, oʻta yirik miqdordagi tovlamachilikda gumon qilingan yana ikki shaxs qoʻlga olindi. Ularning barchasi 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q