Jamiyat
Toshkent shahrida yana 10 nafar shaxs juda koʻp miqdorda tovlamachilikda ayblanib ushlandi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda koʻp miqdorda tovlamachilik) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida oʻtkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlandi.
Jumladan,
1983-yilda tugʻilgan Mirxojayev Mirsolih (165-modda 2-qismi, koʻp miqdorda tovlamachilik, 277-moddasi 2-qismi bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
1995-yilda tugʻilgan Shomurodov Laziz (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
1980-yilda tugʻilgan Samiyev Sherzod (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik; 277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
1991-yilda tugʻilgan Akramov Akramjon (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);
1996-yilda tugʻilgan Aliyev Azizjon (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);
1995-yilda tugʻilgan Bobonazarov Ravshan (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik).
1995-yilda tugʻilgan Moʻminov Behruz (165-modda 3-qismi, juda koʻp miqdorda tovlamachilik);
1986-yilda tugʻilgan Yoʻldoshev Anvar (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
1988-yilda tugʻilgan Umrzoqov Dilshod (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik);
1994-yilda tugʻilgan Usmanov Sirojiddin (277-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik).
Ushbu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yoʻli bilan pul mablagʻlarini qonunga xilof ravishda qoʻlga kiritish bilan shugʻullangan. Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Shuningdek, Fargʻonada huquqni muhofaza qiluvchi organlar “Baxti Tashkentskiy”ga aloqador koʻrilgan shaxslardan biri Doston Xalilov ismli shaxsni qoʻlga oldi.
Fargʻona shahrida yashovchi, 1992-yilda tugʻilgan, muqaddam Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) bilan sudlangan Xalilov Doston Xolboʻta oʻgʻli qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasiga qochib oʻtmoqchi boʻlgan payt, “Doʻstlik” chegara postida qoʻlga olingan.
Qayd etilishicha, Xalinilovning ushlanishi Fargʻona viloyati IIB hamda DXX xodimlari tomodan uyushgan jinoiy guruhlarning faoliyatiga chek qoʻyish va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha olib borilayotgan chora-tadbirlarning bir qismi boʻlgan.
Mavzuga doir: Salim Abduvaliyev (“Salimboy”)ga nisbatan tergovga qadar tekshiruv boshlandi – OAV
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q