Jamiyat
Oʻzbekiston huquq-tartibot idoralari “Salimboy” va “Salimboyvachcha” laqablari bilan tanilgan 73 yoshli tadbirkor Salim Abduvaliyevga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini oʻtkazmoqda. Bu haqda oʻz manbasiga tayanib, Kun.uz xabar berdi.
Shuningdek, “Daryo” mazkur xabarga aniqlik kiritish maqsadida Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati rahbari Shohruh Gʻiyosov bilan bogʻlangan.
Masʼul Salimboyning qamoqqa olingani haqidagi xabarni izohlar ekan “Aniqlashtirib, maʼlum hajmda rasmiy berib boryapmiz. Yangilik boʻlishi bilan eʼlon qilamiz”, — deya javob qaytargan. Hamda holat rasmiy axborotda ochiqlanishini bildirgan.
Salim Abduvaliyev 2017-yil yanvar oyidan buyon Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari va mamlakat sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi lavozimlarida ishlab keladi.
Nashr manbasi, shuningdek, Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Gʻofur Rahimov qidiruvda ekanini tasdiqlamagan.
Avvalroq, Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan “koʻcha guruhlari” va jinoiy guruhlarni aniqlash va qoʻlga olish boʻyicha keng koʻlamli reydlar oʻtkazilayotgani haqida xabar berilgandi.
Bir necha kun oldin Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan “Saidaziz medgorodok” laqabi bilan mashhur Saidaziz Saydaliyev qoʻlga olingandi. Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, u va yana bir necha kishi tovlamachilik ishi boʻyicha gumonlanuvchi sifatida hibsga olingan. Maʼlum qilinishicha, ular pul evaziga odamlar qarzini undirib bergan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari, shuningdek, “Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayevni poytaxtda qoʻlga olgan. Bundan tashqari, oʻta yirik miqdordagi tovlamachilikda gumon qilingan yana ikki shaxs qoʻlga olindi. Ularning barchasi 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi aytilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q