Oliy sud Xorazmda mehribonlik uyi qizlari bilan jinsiy aloqa qilgan mansabdorlar ishini qayta koʻrib chiqishni maʼqulladi

Saqlash
21:07 / 06.04.2023 1267 0

Xorazmda oilaviy bolalar uyi rahbari uch nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchini 10 oy davomida viloyat adliya boshqarmasi va tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshliqlari bilan jinsiy aloqada boʻlishga majburlagani haqida xabar berilgandi. Oliy sud matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, prokuraturaning ushbu ikki shaxsga oid protesti koʻrib chiqilgan.

 

Taʼkidlanishicha, 6-aprel kuni Oliy sudning jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida Xorazm viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2022-yil 27-dekabrdagi ajrimining A.M. va A.Q.ga oid qismini bekor qilib, ishni yangidan apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun yuborish toʻgʻrisidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti yopiq sud majlisida koʻrib chiqilgan.

 

Oliy sud jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining 6-apreldagi ajrimi bilan Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti qanoatlantirilib, ushbu jinoyat ishini yangidan apellyatsiya instansiya sudida koʻrish uchun yuborilishi belgilangan.

 

Avvalroq ushbu holat yuzasidan munosabat bildirgan Prezident administratsiyasi shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva qonunchilikda jiddiy muammolar borligi va ushbu boʻshliqdan jirkanch shaxslar foydalanib qolayotganini alohida qayd etib, Bosh prokuraturadan mazkur holatga alohida eʼtibor qaratib, sinchiklab oʻrganishni va huquqiy baho berishni soʻragandi.

 

Mavzuga doir: Ijtimoiy tarmoqlar portlagach, hamma tashkilot birdan tilga kirib qoldi – jamoatchilik oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarini zoʻrlagan amaldorlarning maksimal darajada jazolanishini talab qilmoqda

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//