Siyosat
1-mart kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Toshkentda AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan uchrashdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov oʻz Telegram kanalida xabar berdi.
Saidovga koʻra, uchrashuv chogʻida biznes almashinuvlari uchun qulay sharoitlar yaratish, Oʻzbekiston kadrlar salohiyatini oshirish, Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlash va boshqa qator masalalar boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirishga kelishib olingan.
“AQSh Hukumati tomonidan Oʻzbekiston Prezidentining islohotlar dasturini muntazam va har tomonlama qoʻllab-quvvatlanayotganini yuksak qadrlaymiz”, — deb yozadi Saidov.
Eslatib oʻtamiz, 28-fevral kuni Ostona shahrida Oʻzbekiston TIV rahbari AQSH va Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idorasi rahbarlari ishtirokida C5+1 shaklidagi uchrashuvda qatnashdi.
Mavzuga doir: Rossiyaning hamkor davlatlari Rossiyaga qarshi sanksiyalardan koʻrgan yoʻqotishlar uchun kompensatsiya oladi – Blinken
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q