Siyosat
Amerika Qoʻshma Shtatlari Rossiyaning hamkor mamlakatlariga sanksiyalar tufayli koʻrgan yoʻqotishlarni qoplaydi. Bu haqda Ostonada (Qozogʻiston) Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar rahbarlari bilan “C5+1” formatida kechgan vazirlar uchrashuvidan keyin AQSH davlat kotibi Entoni Blinken maʼlum qildi.
Davlat kotibi mintaqadagi barcha davlatlar u yoki bu tarzda Rossiya bilan savdo aloqalariga bogʻliq boʻlganligi sababli Rossiya Federatsiyasiga kiritilgan sanksiyalar ularning iqtisodiyotiga ham zarba berganini taʼkidlagan.
“Biz sanksiyalarga rioya etilishini diqqat bilan kuzatib boramiz va bir qator davlatlar, jumladan, C5 boʻyicha hamkorlarimizga nisbatan boʻlayotgan iqtisodiy salbiy taʼsirlarini muhokama qilamiz”, — dedi Blinken Qozogʻiston poytaxti Ostonada Markaziy Osiyoning beshta davlati rasmiylari bilan uchrashuvdan soʻng oʻtkazilgan matbuot anjumanida.
Vashington kompaniyalarga sanksiyaga uchragan Rossiya firmalari bilan munosabatlarni toʻxtatish uchun vaqt berish uchun litsenziyalar beryapti.
“Biz tushunamizki, bu koʻp vaqt talab qiladigan jarayon, uni darhol amalga oshirib boʻlmaydi. Biz mintaqani mustahkamlash va Markaziy Osiyoda yashovchi xalqlar hayotini yaxshilash uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Jumladan, yangi savdo yoʻllari yordamida va korxonalarga yangi eksport bozorlarini topishda yordam berish orqali”, — dedi Blinken matbuot anjumanida.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q