Z avlod revolyutsiyasi: oʻt qoʻyilgan qarorgoh va isteʼfoga chiqqan vazir. Nepalda nima boʻldi?


Saqlash
15:24 / 10.09.2025 70 0

Nepal bosh vaziri Sharma Oli hukumatning ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlashga oid qarori va korrupsiyaga qarshi chiqqan namoyishchilar nomaʼlum muddatli komendantlik soatini buzgani hamda politsiya bilan toʻqnashuvi ortidan isteʼfoga chiqdi. Nepal va Turkiyadagi oʻzbekistonliklar xavfsizlik yuzasidan ogohlantirildi. Nepalda oʻzi nima boʻldi?

 

 

Oʻtgan hafta soʻngida Nepal hukumati Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligidan belgilangan muddatda roʻyxatdan oʻtmagan bir qator yirik ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqladi. Cheklovning asl sababi – yosh nepalliklarning ijtimoiy tarmoqlarda “Korrupsioner siyosatchi davlat xizmatchilarining oilalari va farzandlari hamda ularning hashamatdor hayoti“ haqida yozilgan postlar boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

 

Shu tufayli mamlakatda “Z avlod revolyutsiyasi” deb nomlanayotgan yoshlar ishtirokidagi ommaviy protestlar boshlandi. Politsiya koʻzni yoshlantiruvchi gaz va rezina oʻqlardan foydalangan. Politsiya bilan toʻqnashuvlarda 22 nafar namoyishchi halok boʻldi, yuzlab odamlar yaralandi. Keyinroq hukumat cheklovni olib tashladi, biroq namoyishlar tugamadi. Namoyishchilar mamlakat bosh vaziri Sharma Olining isteʼfosini talab qildi. Seshanba kuni ular vazirning shaxsiy qarorgohiga oʻt qoʻyib, hukumat majmuasiga bostirib kirdi. Hukmron “Nepal kongressi” partiyasining markaziy ofisi hamda parlament binosi yoqib yuborildi.

 

 

Shu bilan Nepal bosh vaziri, baʼzi manbalarga koʻra, uning ikki hamkasbi ham faoliyatini davom ettirmoqchi emasligini aytib isteʼfoga chiqdi.

 

“Mamlakatdagi vaziyatni inobatga olib, muammoning hal etilishiga hissa qoʻshish, konstitutsiyaga muvofiq siyosiy yoʻl bilan hal qilinishiga koʻmaklashish uchun bugundan boshlab isteʼfoga chiqaman”, deb yozadi Oli mamlakat prezidenti Ram Chandra Paudel nomiga yozilgan isteʼfoga chiqish toʻgʻrisidagi maktubida.

 

Vazirlar mahkamasi aʼzolari qarorgohdan vertoletda evakuatsiya qilindi.

 

Mutaxassis fikriga koʻra, bu qaror fuqarolarning onlayn muloqoti uchun alternativ qoldirmagani sababli aholining gʻazabiga duchor boʻlgan. Hukumatning omma gʻazabini koʻrib ortga chekingani, bu orqali zaifligini koʻrsatgani esa namoyishchilarga kuch berib, ularning yanada koʻprogʻiga erishishi mumkin, degan qarashlariga sabab boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

17:09 / 10.09.2025 0 18
Afsonaga aylangan shoir

Tarix

16:09 / 09.09.2025 0 157
O‘rgina Xotun – Buyuk Chigʻatoy malikasi

Tarix

15:09 / 08.09.2025 0 328
Qutaybaga erga tegmagan turon malikasi

Ma’naviyat

15:09 / 08.09.2025 0 108
Har bir so‘zi saboq, har bir harakati dastur edi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//