
Siyosat
O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi Nepaldagi fuqarolardan shaxsiy xavfsizlik uchun hukumat ko‘rsatmalariga amal qilishni so‘radi.
Nepal poytaxti Katmandu va boshqa qator shaharlarda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatda komendantlik soati joriy qilingan. To‘qnashuvlar sodir bo‘layotgani va jarohat olganlar haqida xabarlar tarqayapti.
“Shaxsiy xavfsizligingizni ta’minlash maqsadida Nepal hukumati ko‘rsatmalariga amal qilishga, xususan, odam gavjum joylardan yiroqda bo‘lish, namoyish o‘tkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik, mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish tavsiya etiladi”, deyiladi elchixona ogohlantirishida.
Favqulodda vaziyatlarda Dehlidagi elchixonaning +91 94994 85962 (Telegram/WhatsApp) raqamiga murojaat qilish mumkinligi bildirilgan. Ma’lum qilinishicha, telefon raqami tun-u kun ishlaydi.
Namoyishlar tufayli O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan fuqarolarga ham murojaat bilan chiqdi.
Joriy yilning 8-sentyabr kuni Istanbul shahrida muxolifatdagi “Jumhuriyat Xalq” partiyasi ofisi oldida minglab odamlar ishtirokida namoyish boshlangan. Bunga partiya rahbariyati, jumladan, uning sobiq Istanbul bo‘limi yetakchisi O‘zgur Chelik lavozimidan chetlashtirilib, boshqaruvni vaqtinchalik kengashga topshirgani sabab bo‘lgan.
Hukumat tomonidan xavfsizlik chorasi sifatida 11-sentyabrga qadar 6 tumanda, jumladan, Bosh konsulxona joylashgan Beshiktosh tumani hududida ham ommaviy tadbirlarga vaqtincha taqiq joriy etilgan. Xorijiy messenjerlardan foydalanishda ham cheklovlar mavjud.
Konsulxona fuqarolarga odam gavjum joylardan yiroqda bo‘lishni, namoyish o‘tkazilayotgan hududlarga yaqinlashmaslik hamda mahalliy tartib-qoidalarga qat’iy rioya etish tavsiya etdi.
Favqulodda vaziyatlarda Bosh konsulxonaning +90 (212) 909 08 04 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q