Adabiyotshunos Olimjon Davlatov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
17:11 / 05.06.2026 27 0

Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 88-ishtirokchisi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor, Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti direktori Olimjon Davlatov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Abulqosim Firdavsiy, Shohnoma” asari;

2. Alisher Navoiyning barcha asarlari;

3. Hofiz Sheroziy g‘azallari;

4. Ibn Xaldun, Muqaddima” kitobi;

5. Jaloliddin Rumiy, Ma’naviy masnaviy” asari;

6. Lev Tolstoy, Anna Karenina” romani;

7. Anton Chexov, Hikoyalar”;

8. Xayriddin Sulton, Yaldo kechasi” kitobi;

9. Jek London, Martin Iden” romani;

10. Sa’diy Sheroziy, Guliston” asari.

 

 

Olimjon Davlatov 1976-yil Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida tugʻilgan. 1998-yil Toshkent Davlat universiteti (Hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) Sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1999 – 2002-yillar davomida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (hozirgi universitet) aspiranturasida tahsil olgan.

 

Alisher Navoiyning 4 jildli Xazoyin ul-maoniy kulliyoti (2011), Hofiz Sheroziyning Devoni (2012)ni lugʻat va izohlari, Nasoyim ul-muhabbat” (2015) tazkirasini hozirgi oʻzbek adabiy tili meʼyorlariga muvofiqlashtirib, nashr ettirgan. Shuningdek, adabiyotshunoslikka oid 20 dan ortiq asarlari chop etilgan. Jumladan, Alisher Navoiyning bir qancha asarlarini lug‘at va izohlar bilan qayta nashrga tayyorlagan. Gʻazallarga sharhlar, qomusiy lug‘at, monografiya hamda oliy ta’lim muassasalari uchun darsliklar muallifi.

 

Tarjimalari:

 

Muhammad Xomanaiy, Alloma Sadriddin Sheroziy (2004);

Murtazo Mutahhariy, Hofiz va irfon (2006);

Lui Massinon, Mansur Halloj (2010);

Aziziddin Nasafiy, Komil inson kitobi / Tarjimonlar: N.Komilov, O.Davlatov.

 

Kitoblari qirg‘iz, turk va ozarbayjon tillariga tarjima qilingan.

 

Birinchi avgust badiiy filmi, Abdurahmon Jomiy, O‘zbekiston – Islom sivilizatsiyasi poytaxti hujjatli filmlari ssenariy muallifi. Milliy qadriyatlar atlasi, Yangi O‘zbekiston – yagona ma’naviy makon kitoblarining hammuallifi.

 

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

12:06 / 04.06.2026 0 92
Turklar oylarni qanday atagan





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//