Rejissyor Sayfiddin Meliyev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
16:50 / 05.06.2024 715 0

Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 72-kuni professional teatr rejissyori va kinoaktyor Sayfiddin Meliyev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Yukio Misima, “Oltin ibodatxona” (Kinkakudzi) romani

2. Svetlana Aleksevich, “Second hand vaqti” asari

3. Alisher Navoiy, “Xamsa” asari

4. Milorad Pavich, “Xazar lugʻati” kitobi

5. Orhan Pomuk, “Mening ismim qizil” romani

6. Karl Gustav Yung “Arxiteplar va jamoaviy ongsizlik” asari

7. Hermann Hesse, “Choʻl boʻrisi” romani

8. Sergey Dovlatov, “Qoʻriqxona” asari

9. Mishel Uelbek, “Serotonin” kitobi

10. Akira Kurosava, “Baqa yogʻi” romani.

 

Sayfiddin Meliyev 1976-yil Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida tugʻilgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan. Amerika, Buyuk Britaniya, Germaniya, Avstriya, Eron, Fransiya va boshqa mamlakatlarda, shuningdek, Oʻzbekistonning bir nechta teatrlarida faoliyat yuritgan. “Kinoaktyor” teatr studiyasi (2016-yil), Turon davlat harbiy teatri (2018-yil), Margʻilon shahar maqom teatri (2019-yil), “Тuron.kz” teatrlarini (2022-yil Qozogʻiston) tashkil qilgan. Hozirda Turon Davlat harbiy teatrining badiiy rahbari.

 

Sayfiddin Meliyev 100 dan oshiq spektakllarni sahnalashtirgan. Jumladan, Safokl: “Antigona”, Yevripid: “Medeya”, Esxil: “Orestnya”, B.Brext: “Shaddod ona va uning bolalari”, J.Steynbek: “Odamlar va sichqonlar”, Ch.Aytmatov: “Chingizxoning oq buluti”, U.Hamdam: “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, Y.Ilyasov: “Toʻmaris”, “Shiroq”, V.Shekspir: “Gamlet”, А.Pushkin: “Yevgeniy Onegin”, К.Gotsi: “Zubayda”, E.Vohidov: “Donish qishloq latifalari” va boshqalar.

 

 Oyina.uzni Telegramda oʻqing!

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 23623
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//