Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 69-kuni Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Alisher Navoiy, “Mahbub ul-qulub” asari;
2. O‘tkir Hoshimov, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” kitobi;
3. Pirimqul Qodirov, “Yulduzli tunlar” romani;
4. Odil Yoqubov, “Ulug‘bek xazinasi” romani;
5. Li Kuan Yu, “Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga” kitobi;
6. Yulian Semyonov, “Bahorning o‘n yetti lahzasi” romani;
7. Aleksandr Dyuma, “Graf Monte-Kristo” romani;
8. Breyan Treysi, “Lider shaxsiyati” kitobi;
9. Rashad Nuri Guntekin, “Choliqushi” romani;
10. Zulfiyaxonim she’rlari.
Nargiza Ne’matova 1969-yil 23-aprelda Buxoro viloyati Olot tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan.
U faoliyati davomida Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘qituvchi, Olot tuman tibbiyot birlashmasida bosh shifokor, Olot tumani hokimi o‘rinbosari – tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimlarida ishlagan.
2020-yildan Buxoro viloyati Olot tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
2021-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan.
Adabiyot
San’at
Adabiyot
Tarix
Adabiyot
San’at
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
5 Izohlar
Qahramon
14:04 / 28.04.2024
Bu kitoblarning 4 tasini o'qigan ekanim
Дилором
01:04 / 28.04.2024
Бугун мутолаа қилаётган миллатнинг эртаси бор. Улар фикрлайдилар ва ўзгартирадилар.Мутолаа бу ҳаётдир. Шу учун ҳам Наргиза опа чинакам самимий суҳбатдош, меҳрибон аёл. Жудаям китоб кўп ўқиганлари сезилиб туради.Бугун тавсия қилаётган китоблари ҳар қанақа ёшдаги инсонни, китобхонни чин маънода ўзига жалб қилишига ишончим комил.
Nazifa
04:04 / 27.04.2024
Bu kitoblarni men ham òqiganman,haqiqatdan bir inson yetarlicha ma'naviy,ijtimoiy yetilishi ,jamiyatda òrninin topa olishi,tarixini òzligini anglashi uchun tafakkur qildiradigan eng sara asarlar tanlangan! Bugungi kunda bunday kitoblarni rahbarlar òqib,tarĝib qilishi ularning dunyoqarashi qanchalik keng ekanligidan darak berib va liderlik qobiliyati yanada yuksalishida xizmat qiladi deb òylayman.
Guli
04:04 / 27.04.2024
Hamma tomonlama ideal ayol, ideal ona, ideal raxbar, judayam havasim keladi. Nafaqat siyosiy bilimlari, balki, tibbiy hamda ma'naviy bilimlari, adabiyotni, she'riyatni sevishlari tahsinga loyiq. Har qanaqasigayam urnak olsak arziydigan tumanimizni jonkuyar hokimimiz salomat bo'lsinlar, el xizmatidan charchamasinlar.
Dilkaram
04:04 / 27.04.2024
Ассалому алайкум Наргизахон муваффакиятларингиздан жуда хурсандман. Мен хам Ховос тумани хоким уринбосари,хотин-кизлар раиси бб ишлаганимда семинарлар, академияда укиш вактларда учрашиб турардик. Ишингизга омад.