Adabiyotshunos Uzoq Jo‘raqulov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
16:49 / 23.04.2024 3363 5

Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 68-kuni adabiyotshunos Uzoq Jo‘raqulov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Yusuf Xos Hojib, “Qutadg‘u bilig” asari;

2. Alisher Navoiy, “Lison ut-tayr” asari;

3. Uilyam Shekspir, “Gamlet” pyesasi;

4. Migel de Servantos,Don Kixot” romani;

5. Tomas Mann,Doktor Faustus asari;

6. Ekkerman, “Gyote bilan suhbatlar” kitobi;

7. Gyote,Faust asari;

8. Lev Tolstoy, “Avliyo Sergey” qissasi;

9. Dostoyevskiy, “Iblislar” romani;

10. Abdulla Qodiriy, “O‘tkan kunlar” romani.

 

Uzoq Jo‘raqulov 1967-yili Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Maymanoq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1988–1994-yillari O‘zMU o‘zbek filologiyasi fakultetida ta’lim olgan.

 

Adabiyotshunos olimning “Fitratning tadqiqotchilik mahorati” o‘quv qo‘llanmasi, “Hududsiz jilva” tadqiqotlar to‘plami, “Nazariy poetika masalalari” monografiyasi, “Yuzini yo‘qotgan odam” yapon novellalari to‘plami, “Qodiriy va roman tafakkuri”, “Qiyosiy adabiyotshunoslik” o‘quv qo‘llanmasi, “Romanda zamon va xronotop shakllari” (M.Baxtin asari), “Eynshteyn va iblisvachcha” tarjimalari nashr qilingan. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti “Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedrasi mudiri.

5 Izohlar

Nodirbek

20:04 / 25.04.2024

Bular orasiga Jadidlar toplamini ham kiritish kerak

Marjona

19:04 / 25.04.2024

4 tasini oqigan ekanman raxamat endi qolganini ham oqimoqciman

Mansur

22:04 / 24.04.2024

assalomu alaykum ustoz Juda zòr kitoblar kòpni òqiganman lekin 10 ta emas sonini kòpaytirish kerak keyin Esa shayx hazratlarni ham kitobdan ham qòshsak bòladmi yoki u diniy kitoblar deb aytladmi tarbiya va yaxshi kitoblari ham borku keyin bu 10 ta kitobmni adabiyotchilar òqish kerakmi yoki oddiy odamlarmi bular ayniqsa jahon adabiyoti òĝirlik qilmaydimi òquvchlarga

Tohir Xoliyorov

19:04 / 24.04.2024

O‘ntadan uchta ekan, juda ajablanarli bizga

Sanjar Rahimov

14:04 / 24.04.2024

Nega aynan shu kitoblar?

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

San’at

15:03 / 13.03.2025 0 84
Zamonaviylikka ehtiyojmand qoʻgʻirchoq teatrlari





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 25923
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//