Jarayon
                                        
Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi. Loyihaning 68-kuni adabiyotshunos Uzoq Jo‘raqulov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Yusuf Xos Hojib, “Qutadg‘u bilig” asari;
2. Alisher Navoiy, “Lison ut-tayr” asari;
3. Uilyam Shekspir, “Gamlet” pyesasi;
4. Migel de Servantos, “Don Kixot” romani;
5. Tomas Mann, “Doktor Faustus” asari;
6. Ekkerman, “Gyote bilan suhbatlar” kitobi;
7. Gyote, “Faust” asari;
8. Lev Tolstoy, “Avliyo Sergey” qissasi;
9. Dostoyevskiy, “Iblislar” romani;
10. Abdulla Qodiriy, “O‘tkan kunlar” romani.
Uzoq Jo‘raqulov 1967-yili Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Maymanoq qishlog‘ida tug‘ilgan. 1988–1994-yillari O‘zMU o‘zbek filologiyasi fakultetida ta’lim olgan.
Adabiyotshunos olimning “Fitratning tadqiqotchilik mahorati” o‘quv qo‘llanmasi, “Hududsiz jilva” tadqiqotlar to‘plami, “Nazariy poetika masalalari” monografiyasi, “Yuzini yo‘qotgan odam” yapon novellalari to‘plami, “Qodiriy va roman tafakkuri”, “Qiyosiy adabiyotshunoslik” o‘quv qo‘llanmasi, “Romanda zamon va xronotop shakllari” (M.Baxtin asari), “Eynshteyn va iblisvachcha” tarjimalari nashr qilingan. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti “Jahon adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedrasi mudiri.
                            Jarayon
                            Tarix
                            San’at
                            Adabiyot
                            Adabiyot
                            
                            Jarayon
                            Til
                            Tarix
                            Ta’lim-tarbiya
                            Tarix
                            Din
                            Tarix
                            Til
//
1 Izoh
Nilufar Abdullayeva
23:04 / 23.04.2024
Assalomu aleykum nega deyarli jahon adabiyoti namunalari Ustoz