Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 67-kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Amir Temur, “Temur tuzuklari” kitobi;
2. Nizomulmulk, “Siyosatnoma” asari;
3. Abdulla Qodiriy, “O‘tkan kunlar” romani;
4. Hamdam Sodiqov, “Amir temur saltanatida xafvsizlik xizmati” kitobi;
5. Li Kuan Yu, “Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga” asari;
6. Jeymis Klir, “Atom odatlari” kitobi;
7. Paulo Kaelo, “Alkimyogar” romani;
8. Robin Sharma, “O‘z ferrarisini sotgan rohib” asari;
9. Richard Taler, “Nudge. Tanlov arxitekturasi” kitobi;
10. O‘tkir Hoshimov, “Dunyoning ishlari” asari.
Otabek Hasanov 1985-yil 9-martda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tug‘ilgan.
Mutaxassisligi siyosatshunos, davlat boshqaruvi, menejment. 2006-yilda O‘zbekiston milliy universitetining bakalavr, 2008-yilda magistratura bosqichini, 2013-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tugatgan.
Otabek Hasanov mehnat faoliyatini Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori lavozimidan boshlagan (2013−2017). Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (Davlat boshqaruvi akademiyasi) “Boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash” fakulteti dekani (2017−2019), Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri (2019−2020) lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari sifatida ham faoliyat yuritgan.
2021-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan.
Tarix
Ma’naviyat
Din
Adabiyot
Adabiyot
San’at
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
5 Izohlar
Bunyod
01:04 / 28.04.2024
Haqiqiy lider bizgaham sizning yoʻlingizni bersin ustaz
Саттаров Шахбоз
13:04 / 25.04.2024
Yaxshi kitoblar ekan olib o'qimoqchiman
Jahongir
14:04 / 22.04.2024
Rahmat sizga
Jamila Nurmurodova
19:04 / 20.04.2024
Otabek Hasanovdek liderlar koʻpaysin Ishlaringizga rivoj tilaymiz 10 ta zoʻr kitob tavsiya qilibdilar 3 tasini oʻqiganman qolgan 7 tasini ham oʻqishni niyat qildim qisqa fursatda shuncha natijaga erishibdilar ,qoyil qolmay iloj yoq. Top 10 ta tavsiya etilgan kitoblar uchun rahmat
Rahmonqulov Amirbek
04:04 / 19.04.2024
Haqiqiy lider bizga ham sizning yo'lingizni bersin ustoz