Oyina.uz portali o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 67-kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Amir Temur, “Temur tuzuklari” kitobi;
2. Nizomulmulk, “Siyosatnoma” asari;
3. Abdulla Qodiriy, “O‘tkan kunlar” romani;
4. Hamdam Sodiqov, “Amir temur saltanatida xafvsizlik xizmati” kitobi;
5. Li Kuan Yu, “Uchinchi dunyodan birinchi dunyoga” asari;
6. Jeymis Klir, “Atom odatlari” kitobi;
7. Paulo Kaelo, “Alkimyogar” romani;
8. Robin Sharma, “O‘z ferrarisini sotgan rohib” asari;
9. Richard Taler, “Nudge. Tanlov arxitekturasi” kitobi;
10. O‘tkir Hoshimov, “Dunyoning ishlari” asari.
Otabek Hasanov 1985-yil 9-martda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida tug‘ilgan.
Mutaxassisligi siyosatshunos, davlat boshqaruvi, menejment. 2006-yilda O‘zbekiston milliy universitetining bakalavr, 2008-yilda magistratura bosqichini, 2013-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini tugatgan.
Otabek Hasanov mehnat faoliyatini Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi direktori lavozimidan boshlagan (2013−2017). Prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (Davlat boshqaruvi akademiyasi) “Boshqaruv kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash” fakulteti dekani (2017−2019), Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri (2019−2020) lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari sifatida ham faoliyat yuritgan.
2021-yilda “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan.
Tarix
Ma’naviyat
Din
Adabiyot
Adabiyot
San’at
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
3 Izohlar
Anvar
02:04 / 19.04.2024
Menim ustoz barcha yaxshi asarlarni tavsiya qilibdilar, lekin hozirgi yoshlar bir dona kitob ham oʻqimayabdida
Abduqodir
23:04 / 18.04.2024
Otabek Hasanovni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boraman, Jonajon Oʻzbekistonimiz kelajagi uchun foydali loyihalar ustida ishlayabdilar, Otabek akaga, Oilaviy baxt va mustahkam sogʻliq tilayman, Yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilishdan charchamasinlar🤝
Alisher
23:04 / 18.04.2024
Raxmat zor kitoblar qaerdan olsa buladi barchasini