Kinorejissor Ayub Shahobiddinov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
22:43 / 03.11.2023 1077 2

Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.

 

Loyihaning 51-kuni kinorejissor Ayub Shahobiddinov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Lev Tolstoy, “Urush va tinchlik” romani

2. Shekspir, “Qirol Lir” asari

3. Chingiz Aytmatov, “Jamila” qissasi

4. Erkin Aʼzam, “Shoirning toʻyi” qissasi

5. Chexov pyesa va hikoyalari

6. Abdulla Qodiriy asarlari

7. Frederik Begbeder, “99 frank” romani

8. Gabriyel Garsia Markes, “Yolgʻizlikning yuz yili” romani

9. Karl Gustav Yung, “Arxetiplar va jamoaviy ongosti tuygʻular” kitobi

10. Frans Kafka, “Evrilish” hikoyasi.

 

Ayub Shahobiddinov 1977-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. 1999-yil Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan. Moskvadagi senariy va rejissorlik oliy kursida tahsil olgan. Uning “Qor qoʻynida lola” (2003) nomli debyut filmi Toshkentda oʻtkazilgan “Ijodiy parvoz” xalqaro festivalida gran-pri bilan mukofotlangan, Xalqaro Kann kinofestivalida konkursdan tashqari namoyish qilingan (2004). Rejissorning kinoplyonkada suratga olingan ilk filmi – “Koʻrgilik” (2005) ham “Ijodiy parvoz” xalqaro festivali va Ozarboyjonning Boku shahrida oʻtkazilgan “Start” yoshlar festivalida maxsus namoyish etilgan.

 

“Oʻtov” (2007) filmi Rossiyaning Kinoshok festivalida “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasi bilan, “Cinemarina” xalqaro kinofestivali va Toshkent Milliy kinofestivalida gran-pri bilan taqdirlangani. “Parizod” (2012) filmi Nyu York Yevroosiyo kinofestivalining “Eng yaxshi rejissor” nominatsiyasi bilan va S.Bondarchuk nomidagi “Volokolamskiy rubej” xalqaro kinofestivalining “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bilan mukofotlangan. “Rangsiz tushlar” (2020) psixologik dramasi 2021-yili “Oltin humo” milliy kinotaqdimotida “Eng yaxshi rejissorlik ishi”, “Eng yaxshi bastakorlik ishi” va “Eng yaxshi senariy” nominatsiyalarini olgan.

 

Ayub Shahobiddinov “Sevinch” (2004), “Telba” (2008), “Kechikkan hayot” (2010), “Turist” (2013) kabi filmlari va “Artist” (2016-yil) sitkomi bilan ham mashhur.

 

Oyina.uz'ni Telegramda kuzating!

 

2 Izohlar

Malaksimo

03:12 / 26.12.2023

Juda zoʻr filim sevinch

Sevinch

02:12 / 26.12.2023

Assalomu alaykum men sevinch filmini juda ham yaxshi koʻraman qani edi .Sevinch rolida uynaganimda qaytadan filim olinganda men taklif etishsa edi .... Ormonim qolmas edi. asosan "Bor boʻlgim kelar "qoʻshigʻi menga juda ham yoqadi . Sevinch filmini 2004 yil suratga olishgan yani men tugʻilgan yili lola opa usha paytda 19 yoshda edilar oradan 19 yil oʻtib yana bir kishi sevinch rolida oʻynagisi kelmoqda .....Malaksimo

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

15:11 / 20.11.2024 0 133
Abdulla Qodiriy – o‘zbek detektivi asoschisi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 22039
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//