Sharqshunos olim Ablat Xoʻjayev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
15:35 / 01.11.2023 1308 0

 

Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.

 

Loyihaning 48-kuni tarix fanlari doktori Ablat Xoʻjayev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1. Mahmud Qoshgʻariy, “Devoni lugʻatit turk” asari

2. Yusuf xos Hojib, “Qutadgʻu bilig” asari

3. Alisher Navoiy, “Farhod va Shirin” dostoni

4. Boborahim Mashrab, “Mabdai nur” asari

5. Alisher Navoiy, “Layli va Majnun” dostoni

6. Ablat Xoʻjayev, “Buyuk Ipak yoʻli” kitobi

7. Turgʻun Olmos, “Uygʻurlar” asari

8. Muso Sayramiy, “Tarixi Hamidiya” kitobi

9. Mirzo Ulugʻbek, “Toʻrt ulus tarixi” kitobi

10. Ablat Xoʻjayev, “Fargʻona tarixiga oid maʼlumotlar” (xitoy manbalari asosida) kitobi.

 

Sharqshunos olim, tarix fanlari doktori Ablat Xoʻjayev 1942-yili Sharqiy Turkistonning Gʻulja shahrida tugʻilgan. ToshDU (hozirgi OʻzMU) sharq fakultetini tamomlagan. 1973-yildan Oʻzbekiston Respublikasi FA ilmiy xodimi sifatida faoliyat boshlagan. 2000 – 2005-yillar Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida Geosiyosat va xalqaro munosabatlar boʻlimi mudiri, 2005-yildan shu kungacha OʻzFA Sarqshunoslik Institutida loyiha rahbari sifatida ish olib boradi.

 

Ablat Xoʻjayevning keyingi 20 yil davomida olib borgan tadqiqotlari 3 ta ilmiy yoʻnalishda amalga oshirilgan: Markaziy Osiyo va Xitoy munosabatlarining tarixi, Buyuk ipak yoʻli tarixi, Markaziy Osiyo xalqlarining etnik tarixi. “Fargʻona xitoy manbalarida”, “Markaziy Osiyo tarixi Xitoy manbalarida”, “Markaziy Osiyo davlatchilik tarixiga oid maʼlumotlar”, “Fargʻona tarixiga oid maʼlumotlar”, “Buyuk ipak yoʻli” kabi 10 dan ortiq kitob va 200 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Gottfried Wilhelm Leibniz nomidagi Yevropa tabiiy fanlar Akademiyasining aʼzoligiga qabul qilingan (2011-yil). Shu munosabat bilan unga Akademik ilmiy unvoni berilgan. “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan (2018-yil).

 

Oyina.uzni telegramda kuzating

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//