Tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
22:48 / 27.10.2023 936 0

 

Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.

Loyihaning 45-kuni Xalqaro toifadagi grossmeyster Nodirbek Abdusattorov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1.     “Alpomish” dostoni

2.     Alisher Navoiy, “Xamsa” asari

3.     Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani

4.     Abdulla Qodiriy, “Muhrobdan chayon” romani

5.    Oʻtkir Xoshimov, “Ikki eshik orasi” romani

6.     Togʻay Murod, “Otamdan kolgan dalalar” romani

7.     Abdulla Qahhor asarlari

8.     Lev Tolstoy, “Urush va tinchlik” romani

9.     Chingiz Aytmatov, “Boʻtakoʻz” qissasi

10. Tohir Malik, “Voy, onajonim” kitobi.

 

Xalqaro toifadagi grossmeyster Nodirbek Abdusattorov 2004-yil Toshkent shahrida tugʻilgan. Boʻlajak chempion sakkiz yoshidan boshlab shaxmat boʻyicha musobaqalarga qatnashib kelgan. U ilk bor 2012-yilda Sloveniyaning Maribor shahrida 8 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Jahon kubogini qoʻlga kiritgan. 2014-yil 9 yoshli Nodirbek Toshkentda Georgiy Aʼzamov xotirasiga bagʻishlangan shaxmat turnirida ikki grossmeysterni magʻlubiyatga uchratadi. 2015-yil Yunonistonning Porto-Karas shahrida boʻlib oʻtgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida toʻrtinchi oʻrinni egallaydi. 2017-yil Chigorin memoriali musobaqasida uchinchi oʻrinni egalladi. Ushbu turnir davomida 13 yoshli Nodirbek oʻz reytingini 2500 balldan yuqori koʻtarib, grossmeyster unvoniga sazovor boʻldi.

 

2021-yil sentyabr oyida Abdusattorov Rossiya shaxmat federatsiyasi tomonidan “Yasnaya Polyana” muzey-mulkida tashkil etilgan Lev Tolstoy nomidagi turnirida ikkinchi oʻrinni egallaydi. 2021-yil Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan tezkor shaxmat boʻyicha jahon chempionatida amaldagi jahon chempionlari — Yan Nepomnyashchiy va Magnus Karlsenni magʻlubiyatga uchratdi. U rapid boʻyicha jahon chempioni boʻlgan eng yosh shaxmatchiga aylandi.

 

2022-yilda oʻtkazilgan 44-shaxmat Olimpiadasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilib jamoasi bilan birgalikda Oʻzbekistonga dastlabki Olimpiada chempionligini olib keldi. 2023-yilda Chigorin ramziy klubiga aʼzo boʻlib, klassik oʻyinda Magnus Karlsenni ortda qoldirdi. Shaxmatda erishgan yutuqlari inobatga olinib, Nodirbek Abdusattorovga “Oʻzbekiston iftixori” medali topshirilgan (2022).

 

Oyina.uzni Telegramda kuzating

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

San’at

16:08 / 28.08.2021 8 23620
Dunyoning eng mashhur va qadimiy besh muzeyi

//