Yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
23:29 / 25.10.2023 1258 0

Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.

 

Loyihaning 43-kuni yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1.     Qurʼoni karim

2.     Alisher Navoiy asarlari lugʻati

3.     Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani

4.     Migel Servantes, “Don Kixot” romani

5.     Frans Kafka, “Jarayon” romani

6.     Shaxs, jamiyat, davlat mavzusidagi kitoblar

7.     Marshall Maklyuyen, “OAVni tushunish” kitobi

8.     Gabriel Garsia Markes, “Buzrukning kuzi” romani

9.     “Alpomish” dostoni

10.  Daniel Defo, “Robinzon Kruzo” romani.

 

Xurshid Doʻstmuhammad 1951-yili Toshkentda tugʻilgan. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Dastlabki kitobi – “Hovli etagidagi uy” 1989-yili chop qilingan. Shundan keyin yozuvchining “Panoh”, “Oromkursi”, “Soʻroq”, “Sof oʻzbekcha qotillik”, “Mahzuna”, “Ibn Mugʻanniy”, “Yolgʻizim – Siz”, “Koʻz qorachigʻidagi uy”, “Jajman” asarlari, shuningdek, “Hijronim mingdir mening” qissa va hikoyalar toʻplami, “Bozor” romani nashr etilgan.

 

Xurshid Doʻstmuhammad, shuningdek, qatagʻon qurbonlaridan birining fojiali taqdiriga bagʻishlangan “Hamid Aʼlamovning aytolmagan gaplari” xotira-essesi va “Jurnalist boʻlmoqchimisiz?” risolasi, “Chayongul” kinossenariysi muallifi. Yozuvchi “Bozor” romani, “Hijronim mingdir mening” va “Ozod iztirob quvonchlari” kitoblari uchun 2000-yilgi “Ofarin” mukofotiga sazovor boʻlgan. Xurshid Doʻstmuhammad yapon adibi Akutagava Ryunoskening “Rasyomon darvozasi” hikoyasini, Temur Poʻlatovning “Yetti huzur-halovat va qirq qaygʻu-alam” romanini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

 

Yozuvchi “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoni, “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

 

Oyina.uzni Telegramda kuzating

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

16:05 / 29.05.2025 0 97
Olam qanday paydo bo‘lgan? – Mifologik tahlil

Tarix

12:05 / 28.05.2025 0 359
Quddusni ozod qilgan xorazmliklar

Tarix

18:05 / 27.05.2025 0 224
Saljuqiylarda qozilik ishlari qanday boʻlgan?





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//