
Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 42-kuni professor Qahramon Rajabov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Avesto
2. Qurʼoni karim
3. Jaʼfar Narshaxiy, “Buxoro tarixi” asari
4. Abu Rayhon Beruniy, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobi
5. Abu Ali ibn Sino, “Tib qonunlari” asari
6. Abu Nasr Forobiy, “Fozil odamlar shahri” asari
7. Alisher Navoiy gʻazaliyoti
8. Kaykovus, “Qobusnoma” asari
9. Fitrat, “Rahbari najot” kitobi
10. Abdulla Oripov sheʼriyati.
Taniqli tarixchi olim Qahramon Rajabov 1962-yil Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi Savrak qishlogʻida tugʻilgan. Toshkent Davlat universiteti tarix fakultetini tugatgan. Ayni paytda Tarix instituti “Eng yangi tarix” boʻlimida bosh ilmiy xodim lavozimida faoliyat koʻrsatadi.
Qahramon Rajabov Turkistondagi istiqlolchilik va jadidchilik harakatlari; Turkistondagi mashhur siymolar va qoʻrboshilar faoliyati; Turkiston ASSR, BXSR, XXSR va Oʻzbekiston SSR tarixi; sovet rejimining qatagʻon siyosati; Oʻrta Osiyoda oʻtkazilgan milliy-hududiy chegaralanish siyosati va uning oqibatlari; Oʻzbekiston davlatchiligi tizimida Buxoro amirligi va Xiva xonligining tutgan oʻrni; Oʻzbekiston shaharlari, tumanlari va qishloqlari tarixi; mustaqil Oʻzbekiston Respublikasi tarixi va boshqa ilmiy muammolarni oʻrgangan.
Tarix fanlari doktori (2005), professor (2015) Qahramon Rajabov “Oʻzbekiston tarixi” faniga muammoga sivilizatsion yondashuv nazariyasini olib kirdi. Ilmiy faoliyati davrida 120 ta (ayrimlari hammualliflikda) tarixiy kitoblari, ilmiy toʻplamlari, 1300 dan ortiq ilmiy va ommabop maqolalari nashr etilgan.
Oyina.uzni telegramda kuzating!
Falsafa
Jarayon
San’at
Vatandosh
Adabiyot
Adabiyot
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
Til
//
3 Izohlar
King Fisher
12:11 / 01.11.2023
Why the hell do we need to read Avesto? Just read this article: https://islom.uz/maqola/5998
Азнаур
02:10 / 26.10.2023
Avesto oldinroq nozil boʻlgani uchun teparoqda turibdi menimcha
Samijanova Ozodahon
16:10 / 25.10.2023
Qur'oni Kariym Avestodan keyin turarkanmi?