Yozuvchi Gʻafur Shermuhammad “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
23:16 / 23.10.2023 1283 0

Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.


Loyihaning 41-kuni yozuvchi Gʻafur Shermuhammad “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

Dunyo adabiyotida ham, oʻzbek adabiyotida ham oʻqilishi zarur boʻlgan asarlar juda koʻp. Quyida shartli ravishda ulardan 10 tasini sanaymiz.

 

1. Lev Tolstoy, “Anna Karenina” romani

2. Migel De Servantes, “Don Kixot” romani

3. Karlo Goldoni komediyalari

4. Fyodor Dostoyevskiy, “Telba” romani

5. Jek London, “Marten Iden” romani

 

Oʻzbek xalqi xarakteri yorqin tasvirlangan milliy asarlar:

1. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani

2. Gʻafur Gʻulom, “Shum bola” qissasi

3. Shukur Xolmirzayev hikoyalari

4. Murod Muhammad Doʻst, “Galatepaga qaytish” qissasi

5. Xayriddin Sultonov, “Yozning yolgʻiz yodgori” qissasi.

 

*** 

Gʻafur Shermuhammad 1973-yili Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi Uymovut qishlogʻida tugʻilgan. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. “Shuhrat” medali sohibi.

 

“Saman toy”, “Quduq”, “Mardi maydon” kitoblari nashr qilingan. “Quduq tubidagi faryod”, “Pariqishloq afsonasi”, “Koʻzlarida xoli bor” pyesalari respublikamiz teatrlarida sahnalashtirilgan. Adabiy asarlari asosida “Chavandoz”, “Taʼziyadagi toʻy”, “Quduq”, “Barakasini bersin”, “Tengiz” kabi badiiy, shuningdek, hujjatli va multiplikatsion filmlar suratga olingan. “Chavandoz” va “Quduq” filmlari bir necha xalqaro kinofestivallarda eʼtirof etilgan. Qoraqalpoq xalq yozuvchisi Murodboy Nizanovning “Aqchagul” qissasi, “Oxirat uyqusi”, “Dushman” romanlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

 

Oyina.uzni telegramda kuzating!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

16:07 / 30.07.2025 0 46
Mehmonning darbadar kunlaridan rivoyatlar

Til

17:07 / 29.07.2025 0 159
Eski turklarda “qoʻniq” madaniyati tarixi

San’at

13:07 / 25.07.2025 0 294
Dunyo xunuk edi…





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//