Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 39-kuni jurnalist, yozuvchi Karim Bahriyev “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1.Qurʼoni karim;
2. Imom Buxoriy, “Sahihi Buxoriy” asari;
3. Oʻzbek xalq ertaklari
4. Alisher Navoiy asarlari;
5. Jorj Oruel, “1984”, “Molxona” romanlari;
6. Dostoyevskiy romanlari;
7. Rauf Parfi sheʼrlari;
8. Abdulla Qodiriy, “Oʻtkan kunlar” romani;
9. Gabriel Garsia Markes “Buzrukning kuzi” romani;
10.Platon, falsafiy asarlar.
Karim Bahriyev 1962-yili Samarqand viloyati Urgut tumani Gʻoʻs qishlogʻida tugʻilgan. Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi fakulteti, Moskva Davlat Universitetining Jurnalistika fakultetini tugatgan. “Hurriyat”, “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Maʼrifat” gazetalari va “Jahon adabiyoti”, “Dugonalar” jurnallarida faoliyat yuritgan.
“Sabr kosasining siniqlari”, “Tomchidil” sheʼriy kitoblari, “Demokratiya va inson huquqlari”, “Jurnalistning huquqlari, majburiyatlari va masʼuliyati”, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslari”, “Haqiqat talabgorimiz”, “Soʻz erkinligi haqida soʻz” kabi kitoblari nashr etilgan. Shuningdek, “Media huquqi” darsligi, “OAV qonunchiligidan 100 savolga 100 javob” qoʻllanmasi va qator tanqidiy-tahliliy maqolalar muallifi. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
Karim Bahriyev tarjimasida nemis, malay, ozarboyjon, turk, olmon, yunon, farang, arab, ingliz, ispan, amerika, eron, yapon, koreys, hind, godlland, daniya, islandiyalik shoir va yozuvchilarning romanlari, sheʼrlari va balladalari chop etilgan.
Tarix
Jarayon
Tarix
Jarayon
Adabiyot
Ma’naviyat
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q