
Mashhur oʻzbek karikaturachisi Mahmud Eshonqulov suratlarida nafaqat mahalliy, balki xalqaro maydondagi voqeliklarga ham munosabat bildirib boradi. Shu sabab uni butun jahonda tanishadi. Birinchi ishi 1991-yilda “Mushtum” satirik jurnalida chiqqan ijodkor professional faoliyati davomida 350 dan ortiq koʻrgazma, festival va tanlovlarda ishtirok etgan. 250 dan ziyod tanlovda sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.
Mahmud Eshonqulovning asarlari Yaponiya, Bolgariya, Serbiya, Xitoy, Italiya, Fransiya, Polsha, Turkiya, Koreya va Braziliya kabi mamlakatlarning Yumor va Karikatura muzeylari va arxivlaridan joy olgan. Oyina.uz Dunyo karikaturachi rassomlar uyushmasi (UWC) aʼzosi Mahmudjon Eshonqulovning hali eʼlon qilinmagan karikaturalarini birinchi marta taqdim etadi.
Eslatib oʻtamiz, ijodkor yaqinda Kipr davlatida oʻtkazilgan “Oʻn ikkinchi Xalqaro karikatura tanlovi”da 3-oʻrinni egallagani haqida xabar berilgan edi.
Mafkura
Jarayon
Ma’naviyat
Jarayon
Vatandosh
Jarayon
Jarayon
Til
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Din
Tarix
Til
//
Izoh yo‘q