Hakim Termiziy o‘gitlari


Saqlash
16:22 / 22.05.2026 17 0

Dunyoning amiri – inson, insonning amiri – qalb, qalbning amiri – ma’rifat, ma’rifatning amiri – Xudoni tanituvchi ilmdir.

 

* * *

Kim o‘z nafsini tarbiya qilsa, nafs yomon xulqlardan tiyiladigan bo‘ladi va unday kishini Parvardigori yordam va madad berish bilan qo‘llaydi. O‘shanda kishining ilmi nurli, zulmatlarni yorituvchi bo‘ladi.

 

 * * *

Hikmat – ilmning ichki tarafi (ya’ni, mag‘zi) va u har bir narsani o‘z o‘rniga qo‘yishdir.

 

 * * *

Ma’rifat bilan Allohni tanish qalbni nurga to‘ldiradi. Bu nur esa nafs olovini kuydiradi. Iztirobga tushgan inson faqat ma’rifat bilan sokin bo‘ladi. Qalbda ma’rifat qancha ko‘p bo‘lsa, nafs ham shuncha sokin bo‘ladi.

 

 * * *

Bajarganingda qalbingda huzur-halovat, orom va taskinlik paydo bo‘ladigan amal savobli ishdir.

 

 * * *

Ilm – nurdir. Insonlar Alloh taolo oldida qanchalik mas’uliyatni his etsa, shunchalik ma’rifatga ega bo‘ladi. Inson qalbi yovuzlikdan qanchalik tozalansa, ilm yanada mukammal bo‘ladi va nur taratadi.

 

 * * *

Jaholat nafs xususiyati bo‘lib, u zulmatdir. Tanaga nafsning shahvat va lazzatlari o‘rnashsa, qalb zulmatda qoladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//