Madaniyat
Oʻzbekistonlik karikaturachisi Mahmudjon Eshonqulovning asari xalqaro tanlovda yuqori oʻrinni egalladi. Bu haqda ijodkor oʻzining feysbuk sahifasida eʼlon qildi.
“E-mail orqali xushxabar keldi. Kipr davlatida oʻtkazilgan “Oʻn ikkinchi Xalqaro karikatura tanlovi”da mening ushbu karikaturam 3 oʻrin mukofotiga loyiq koʻrilibdi”, deydi u.
Maʼlumot uchun, Mahmudjon Eshonqulov “Dunyo karikaturachi rassomlar uyushmasi” (UWC) aʼzosi. Uning ijod namunalari Yaponiya, Bolgariya, Serbiya, Xitoy, Italiya, Fransiya, Polsha, Turkiya, Koreya, Braziliya kabi mamlakatlarning Yumor va Karikatura muzeylari hamda arxivlaridan joy olgan. Asarlari xalqaro koʻrgazma va tanlovlarda 250 dan ziyod sovrinli oʻrinlarni olishga muvaffaq boʻlgan.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
110083
Jamiyat
94316
Jamiyat
90181
Jamiyat
73516
Jamiyat
//
Izoh yo‘q