Oyina.uz portali oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berishda davom etadi.
Loyihaning 35-kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin domla Xoliqnazarov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Qurʼoni karim
2. Imom Buxoriy, “Sahihi Buxoriy”
3. Sunan kitoblari
4. Kosoniy, “Badoiʼ as-sanoiʼ fi tartib ash-sharoiʼ” asari
5. Burhoniddin Margʻinoniy, “Hidoya” asari
6. Alixontoʻra Sogʻuniy, “Tarixiy Muhammadiy” kitobi
7. Abdulla Qodiriy, “Oʻtgan kunlar” romani
8. Abdulla Qodiriy, “Mehrobdan chayon” asari
9. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf, “Tafsiri Hilol”, “Hadis va hayot” kitoblari
10. Alisher Navoiy asarlari
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi Shayx Nuriddin domla Xoliqnazarov 1968-yil 25-iyun kuni Andijon viloyatida tugʻilgan.
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Islomda vatan tushunchasi”, “Ixlos – amallar ziynati”, “Haj – buyuk ibodat”, “Tasadduq, yo Rasululloh”, “Umra – ulugʻ amal”, “Fitna – koʻz ilgʻamas xatar” va “Nikoh yoʻriqnomasi” va “Ramazonni gʻanimat bilib, unumli oʻtkazaylik” kitoblari muallifi. Xalqaro musulmon ulamolar kengashi aʼzosi. Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy kengashi tomonidan “Faxriy doktor” ilmiy unvoni berilgan.
Tarix
Jarayon
Tarix
Jarayon
Adabiyot
Ma’naviyat
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
Izoh yo‘q