Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.
Loyihaning 27-kuni Buyuk Britaniyadagi Sylph Productions kompaniyasi asoschisi, prodyuser Nodira Myurrey (Aliyeva) “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. A. David Redishning “Miya ichidagi ong: inson qanday qaror qabul qiladi va bu qarorlar nega noto‘g‘ri bo‘lib chiqishi mumkin” ilmiy-ommabop kitobi
2. Mark Mansonning “Pinakka olmaslikning nozik san’ati” ilmiy-ommabop kitobi
3. Maya Angelu, “Qafasdagi qush nega kuylaydi” asari
4. Karen Armstrong, “Muhammad: Payg‘ambar hasbi-holi” biografik asari
5. Zarguna Kargar, “Azizam Zari” asari
6. Kitty Key va Kler Shipman, “Ishonch kodi: O‘ziga ishonish san’ati va ilmi” ilmiy-ommabop kitobi
7. Malala Yusufzoda, “Men Malalaman” avtobiografik asari
8. Anna Frank, “Аnna Frank kundaligi” asari
9. Reza Aslan, “Xudodan boshqa Xudo yo‘q” asari
10. Mixail Bulgakov, “Usta va Margarita” asari.
Nodira Myurrey (Aliyeva) 1981-yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Londondagi Britaniya Drama studiyasida, Rada universitetida aktyorlik, 2014-yil Ispaniyadagi Mediya biznes maktabida prodyuserlik bo‘yicha tahsil olgan.
2022-yili Mustaqil Film Mukofotinining (BIFA) “Breakthrough prodyucer” yutug‘iga munosib ko‘rildi. Uning prodyuserlik ishi bo‘lmish “Gʻoliblar” filmi Raidence Diccovery mukofotiga sazovor bo‘ldi, 2022-yili Edinburg International Film Festivalda Tomoshabinlar mukofotini qo‘lga kiritdi, 95-Oskar mukofotlari (2023) da Xalqaro badiiy film nominatsiyasi uchun Buyuk Britaniya tanlovida g‘olib bo‘ldi. Uning boshqa qisqa metrajli filmlari BAFTA va OSCAR tasdiqlangan kinofestivallarida namoyish etilgan.
Tarix
Jarayon
Tarix
Jarayon
Adabiyot
Ma’naviyat
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
San’at
//
2 Izohlar
Barno
23:08 / 05.08.2023
Ajoyib! Jizzaximizni dunyoga tanituvchi shunday yoshlarimiz ko‘paysin. Nodiraxonni martabasi bundan ham ulug‘ bo‘lsin.
Sherlock
06:08 / 05.08.2023
Mensonning kitobini zo'rg'a o'qiganman, o'zidan aqlli yasaydigan, aslida ma'nosiz va qaytarilaverib bir tiyinga qimmat bo'lib ketgan haqiqatlardan iborat ezoterika va mass-psixologiya xolos. Uni o'qib, vaqtingizni uvol qilasiz (shaxsan men aynan shuni his qilganman). Bulgakovning asari esa o'ziga hos jozibali, adabiyot durdonalaridan biri, ancha maroqli va turli interpretatsiyalarga, ramzlarga va noodatiy satiraga ega. U rostdan ham hech bo'masa bir marotaba tanishishga arziydi. Qolgan 8tasini o'qimagan ekanman.