
Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.
Loyihaning 25-kuni shoir, tarjimon Aʼzam Obid “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Qurʼoni karim maʼnolarining tarjimasi
2. Imom Buxoriy, “Sahihi Buxoriy” asari
3. Hamid Ismoil, “Koʻk turklari asiri” asari
4. Halima Xudoyberdiyeva sheʼrlari
5. Radiy Fish, “Jaloliddin Rumiy” romani
6. Nabijon Boqiy, “Yurtmenboshining xotira daftari” asari
7. Alisher Navoiy, “Nasoyimul muhabbat” asari
8. Patrishia Bernardning bolalar uchun hikoyalari
9. Genrih Byoll, “Masxaraboz” romani
10. Rumiy “Fihi ma Fihi” asari.
Aʼzam Obid 1974-yili Namangan shahrida tugʻilgan. Shoir oʻzbek va ingliz tillarida ijod qiladi. “Yoʻlimni poylaydi moʻjiza”, “Muhabbat oqaver tomirlarimda”, “Sogʻintirib ketgum qadamlarimni” kabi oʻnlab sheʼriy va tarjima kitoblari nashr etilgan, asarlari 25 dan ortiq dunyo tillariga tarjima qilingan. Oʻzbek sheʼriyati va nasridan ingliz tiliga qilgan tarjimalari Buyuk Britaniya, Hindiston, Germaniya, Fransiya, AQSHda kitob holida, boshqa chet mamlakatlardagi qator onlayn, bosma gazeta va jurnallarda bosilgan.
Yaponiya Xalqaro fazo assotsiasyasining “Sheʼrlari Oyda oʻqilgan dunyo shoirlari” loyihasi ishtirokchisi. Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostoni va bir turkum gʻazallarini ingliz tiliga tarjima qilib, Turkiya va AQSHda chop ettirgan. Butunjahon shoirlar harakatining Oʻzbekistondagi koordinatori. Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilgan “Xalqaro Yozuvchi va rassom rezidensiyada” ijodiy turizm loyihasi tashabbuskori. Franklin nomidagi hamda “Burgut” (Eagle) mukofotlari sohibi.
Tarix
Ma’naviyat
Adabiyot
Tarix
Mafkura
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
Til
//
Izoh yo‘q