Adabiyotshunos Bahodir Karimov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi


Saqlash
01:46 / 02.08.2023 2532 0

Oyina.uz portali 100 kun mobaynida o‘zbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA O‘QISHI SHART BO‘LGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.

 

Loyihaning 24-kuni adabiyotshunos Bahodir Karimov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi:

 

1.  Qur’oni karim;

2.  Imom Buxoriy, “Sahihi Buxoriy” asari;

3.  Alisher Navoiy asarlari;

4.  Z.M.Bobur, “Boburnoma” asari;

5.  L.Tolstoy, “Iqrornoma” asari;

6.  Maxtumquli she'rlari;

7.  Lev Shestov, “Аsossizlik apofeozi”;

8.  Abdulla Qodiriy, “O‘tkan kunlar” romani;

9.  Alixonto‘ra Sog‘uniy, “Turkiston qayg‘usi” asari;

10.  G‘afur G‘ulom, “Shum bola” qissasi.

 

Karimov Bahodir Nurmetovich 1966-yil 7-fevralda Turkmaniston Respublikasi Toshhovuz viloyati Toza-yormish qishlog‘ida tug‘ilgan.

 

Adabiyotshunosning “Jadid munaqqidi Vadud Mahmud”, “Qodiriy qadri”, “Yangilanish sog‘inchi”, “Cho‘lpon va tanqid”, “Abdulla Qodiriy: tanqid, tahlil va talqin”, “Adabiyotshunoslik metodologiyasi”, “Abdulla Qodiriy va germenevtik tafakkur”, “Qodiriy nasri – nafosat qasri”, “Bakir Cho‘bonzoda va O‘zbekiston”, “Ruhiyat alifbosi”, “Abdulla Qodiriy fenomeni”, “O‘tkan kunlar” ibrati”, “Ikki daho – ikki bebaho”, “Istiqlol adabiyoti: nazm va nasr” kabi o‘ndan ortiq ilmiy kitoblari nashr etilgan.

 

Bahodir Karimov  “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni (2020),  “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni (2016) bilan taqdirlangan.

 

O‘xshash maqolalar: Xayrulla Hamidov “Har bir inson hayoti davomida o‘qishi shart bo‘lgan 10 kitob” tavsiya qiladi.

 

Oyina.uzni Telegramda o‘qing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi maqolalar

Barchasi

Adabiyot

13:03 / 04.03.2026 0 94
Tama bilan, shama bilan yozilgan dostonlar tahlili

Til

12:03 / 03.03.2026 0 112
Nega ayrim eski turk bitiklari oʻqilmayapti?





Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

//