
Adabiyot
Oyina.uz portali 100 kun mobaynida oʻzbekning 100 ziyolisidan “HAR BIR INSON HAYOTI DAVOMIDA OʻQISHI SHART BOʻLGAN 10 KITOB” tavsiyasini berib boradi.
Loyihaning 9-kuni adabiyotshunos olim Qozoqboy Yoʻldosh “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi:
1. Imom Buxoriy hadislari
2. Odil Yoqubov, “Koʻhna dunyo” romani
3. Abdulla Qahhor, “Oʻtmishdan ertaklar” qissasi
4.. Shukur Xolmirzayev, “Dinozavr” romani
5. Luqmon Boʻrixon, “Jaziramadagi odamlar” romani
6. Nazar Eshonqul, “Goʻroʻgʻli yoxud hayot suvi” romani
7. Faxriyor, “Izlam” sheʼriy toʻplami
8. Jontemir, “Jazba” sheʼriy toʻplami
9. Javlon Jovliyev, “Qoʻrqma” romani
10. Sayim Isoq, “Qiyomatga qolmagan qasos” asari
Qozoqboy Yoʻldosh 1949-yili Sirdaryo viloyatida tugʻilgan. Pedagogika fanlari doktori, professor. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.
“Kiyik soʻqmoqdagi yoʻlovchi”, “Ochqichsoʻz”, “Soʻz yolqini”, “Alpomish talqinlari”, “Yoniq soʻz” kabi 30 dan oshiq kitoblari, 300 dan ortiq ilmiy-adabiy maqolalari chop etilgan.
Adabiyot
San’at
Ma’naviyat
Adabiyot
Adabiyot
Tarix
Til
Jarayon
Tarix
Ta’lim-tarbiya
Tarix
Tarix
Din
Til
//
Izoh yo‘q