Илм-фан
Ўзбекистондаги мактабгача таълим ташкилотларида янги методикани жорий этиш орқали француз тилини ўқитиш йўлга қўйилади. Бу ҳақида Мактабгача таълим вазири Агриппина Шиннинг Франция Республикасининг Ўзбекистон Республикасидаги Фавқулодда ва Мухтор элчиси ва Франция элчихонасининг таълим ва университетларда ҳамкорлик бўйича атташеси билан учрашувда айтиб ўтилган.
Вазирлик матбуот хизматининг маълум қилишича, учрашувда томонлар мактабгача таълим соҳасидаги икки томонлама муносабатларнинг бугунги ҳолати ва уни янада мустаҳкамлаш истиқболларини муҳокама қилган.
Учрашувда томонлар инклюзив таълим соҳасида ҳамкорликни янада ривожлантириш, ушбу соҳага юқори малакали мутахассисларни жалб этиш, мактабгача таълим ташкилотларида янги методикани жорий этиш орқали француз тилини ўқитиш, шунингдек, французлар ўртасида ҳамкорлик алоқаларини ўрнатиш, шунингдек Франция таълим телеканали ва «Ақлвой» телеканали ўртасида ҳамкорлик алоқаларини ўрнатиш масалаларини муҳокама қилган.
Илм-фан
Жаҳон
Жамият
Жамият
Жамият
Жамият
Жамият
Жамият
Жамият
Жамият
//
5 Изоҳлар
Safar
12:01 / 01.01.1970
Qanday ajoyib yangilik!!! 👍👍👍 Biz fransuz tili o‘qituvchilari uchun!!! 😃😃😃 Lekin bu qog‘ozga qolib ketmasa!!! 🤕🤕🤕🤕 😂😂😂
Saodat Karimova
12:01 / 01.01.1970
Maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tilidan boshqa tillarni o'qitishni tashkil qilish bu ajoyib g'oya . Undan tashqari prezident ta'lim muassasalarida ham o'qitishni, imtihon jarayonlarini fransuz tilida tashkillashtirish kerak. Shunda yoshlar bitta tilga (ingliz) bog'lanib qolmaydi. Fransuz tilini o'qitilishini kuchaytirish kerak.
Marhabo
12:01 / 01.01.1970
Bog'chalarda shuningdek maktablar, prezident maktablari hamda xalqaro ixtisoslashgan maktablarda ham fransuz tilini o'qitilishi yo'lga qo'yilsa juda yaxshi bo'lardi. Ayniqsa prezident maktablari hamda xalqaro maktablarda kieish imtihonlari fransuz tilidan ham bo'lsa yaxshi bo'lardi. Chunki fransuz tili o'qigan o'quvchilar ingliz tilini bilmagani uchun shu maktablarga kira olmaydilar. Keyin ko'pchilik ota onalar bolasini ingliz tiliga berishadi. Lekin u o'quvchilar fransuz tilini juda yaxshi biladilar. Qolaversa fransuz tilidan juda kuchli o'qituvchilar bor. Shu muammolar sabab ko'pchilik fransuz tili o'qituvchilari ishsiz qolishyapti. Shuning uchun o'ylaymanki agar shu maktablar hamda bog'chalarda ham fransuz tilini o'qitilishi yo'lga qo'yilsa juda yaxshi bo'lardi. Chunki bu fanga qiziqadigan kuchli o'quvchilarimiz ko'p.
Xurshidabonu Xurramova
12:01 / 01.01.1970
Bogʻchalarda fransuz tili ochilsa yaxshi boʻlardi. Maktabda ham fransuz tili yoʻqotilmasin
Gulnoraxon
12:01 / 01.01.1970
Assalomu alaykum.Juda yaxshi bo'lardi.Ko'p rivojlangan davlatlarda bolalar ko'p tillarni bilishadi.Bizni bolalarimiz ham turli davlatlarni tilini, madaniyatini o'rgansa juda yaxshiku.Til bilgan el biladi.Men buni tajribamda ham ko'rganman.Dadam ham fransuz tili o'qituvchisi va juda ko'p shogirdlari bor.Institutni tamomlab kelganimda dadam bog'chada to'garaklar tashkil etgan edi.Bolalar shunaqangi qiziqishardi fransuz tiliga .Maktabda ham a'lo baholarga o'qishdi.O'sha bolalar hozirgi kunda universitetlarda,maktablarda ishlashyapti.Xalqaro sertifikatlarni ham osongina olishdi.Albatta bog'chalarda ochish kerak bu tilni.