Tanosux


Saqlash
17:02 / 28.02.2023 0 1516

Tanosux – ma’naviy olamga xos hodisa sifatida talqin etiladigan va qadimda ruhning bir jism (o‘lik)dan boshqa jism (o‘simlik, hayvon, inson)ga o‘tishi haqidagi ta’limot. Bu aqida braxmanizm, buddizm, monizm, orfizm, pifagorizm, platonizm va boshqa ta’limotlarda mavjud bo‘lgan. Tanosux haqidagi qarashlarga ko‘ra, insonning ruhi o‘limidan keyin qilgan amallariga yarasha boshqa bir yaxshiroq (agar u to‘g‘ri hayot kechirgan bo‘lsa) yoxud aksincha, yomonroq bir jismga o‘tadi. Tanosux yo ayiruvchi, yo birlashtiruvchi bo‘ladi. Birlashtiruvchi tanosux ma’danlar olamidan boshlanib, o‘simlik va hayvonot orqali komil inson ruhigacha tadrijiy ruhiy rivojlanish bosqichlarini bosib o‘tadi. Ayiruvchi tanosux o‘z navbatida, nasx (inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga o‘tuvchi), masx (ruhning tanasidan hayvon jismiga ko‘chishi), rasx (insonlarga ko‘chishi)ga bo‘linadi. Islom ta’limotida tanosux nazariyasi rad etilsa-da, ammo buddizm va zardushtiylik dinlari ta’sirida bo‘lgan musulmon mamlakatlari aholisi qarashlarida, imomiya, nusayriya kabi shia oqimlarida uning ayrim unsurlari ko‘zga tashlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

17:09 / 11.09.2026 0 336
Kuni irimga qolgan ilm



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 237188
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115594
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 69489
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 59292
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52838
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 42602
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40686
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40338
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//