Diskriminatsiya


Saqlash
15:02 / 28.02.2023 0 6869

Diskriminatsiya (lotincha diskriminatio – farqlash) –

1) ma’naviy yoki siyosiy kamsitishni anglatadigan tushuncha;

2) biron-bir shaxs, millat yoki davlat huquqlarining boshqa davlat, millat yoki shaxs huquqlariga nisbatan cheklanishi.

 

Demokratik davlatlar qonunlarida hamda xalqaro huquqda diskriminatsiyaning barcha shakllari, jumladan, fuqarolar huquqlarini millati, irqi, jinsi, dini sababli amalda yoki yuridik jihatdan kamsitishga yo‘l qo‘yish taqiqlanadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasi va davlatimiz qonunlarida barcha fuqarolarning teng huquqliligi kafolatlangan va mamlakatimizda diskriminatsiyaning hech qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Tarixda dunyoning turli mintaqalarida mavjud bo‘lgan diskriminatsiya hollariga ko‘plab misollar keltirish mumkin. Masalan, AQSHda qulchilik Amerikaning oltinchi Prezidenti Avraam Linkoln tomonidan bekor qilinganligiga qaramay, qora tanli fuqarolarning irqiga ko‘ra kamsitish hollari XX asrning 60-yillaridagina barham topgan. Diskriminatsiya o‘z mohiyatiga ko‘ra, inson qadr-qimmatining kamsitilishi, hayotiy rejalarining barbod qilinishi tufayli uning ma’naviyati yemiriladi, munosib hayot kechirishi xavf ostida qoladi. Shuning uchun ham 1948 yilda BMT tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasida inson huquqlarini uning millati, dini, jinsi va irqiga ko‘ra kamsitish taqiqlangan. Bu hujjat insoniyat uchun ulkan g‘alaba bo‘ldi, zero, u tarixning ko‘plab davrlarida yuz bergan diskriminatsiyaning turli shakllarini to‘la-to‘kis bartaraf etish, inson zoti bu jirkanch ijtimoiy illat tufayli chekkan zahmatlariga chek qo‘yish ehtiyojlaridan kelib chiqqan edi.

 

O‘zbekiston ham jahon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi sifatida ushbu hujjatni qabul qilgan. O‘zbekistonda irqi, jinsi millati, yoshi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning teng huquqliligi qonun bilan qat’iy belgilab qo‘yilgani mamlakatimizda bunyod etilayotgan demokratik davlat va fuqarolik jamiyatining insonparvarlik tamoyillariga to‘liq mos kelishini ko‘rsatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 286
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 535
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 463
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 805
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 517
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233661
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113172
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 66997
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56177
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50605
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39334
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39015
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38276
“Avesto”

//