Onamning ko'ylagi


Saqlash
00:10 / 11.10.2021 2 1819

Onam tilla taqinchoqlarga, kiyim-kechakka o‘ch ayol emasdi. Shkafida besh-oltitagina ko‘ylak ilig‘lik turardi. Lekin tanlab, bichimi sipo kiyimlarni kiyardi rahmatli. Bir kuni ko‘rgani bordim. Ketayotganimda necha yillar asrab kiyadigan, jigarrang gulli ko‘ylagini ko‘tarib chiqdi.

– Bolam, mana shu ko‘ylak senga juda yarashadi. Bir kiyib ko‘rgin, – dedi.

– Oyi, nima deyapsiz? Bu axir kampirlar kiyadigan ko‘ylak-ku, – dedim.

– Bu ko‘ylakni yoshim sendek vaqtimda do‘kondan sotib olganman. Hozir bunaqa sifatli ko‘ylakni topa olmaysan. Sen bir kiyib ko‘r, – deb yalinishda davom etdi onam.

– Uf, zo‘rlamang, modadan qolgan ko‘ylakni baribir kiymayman, – dedim ishga shoshib turganim uchun biroz jahlim chiqib.

Ko‘p o‘tmay onam vafot etib qoldi. Uchinchi kuni opam bilan onamning kiyimlarini taxlab o‘tirarkanmiz, o‘sha jigarrang gulli ko‘ylakni qo‘limga oldim. Yig‘lagancha ko‘ylakni bag‘rimga bosdim. Onamni xafa qilganimdan pushaymon bo‘ldim. Ma’rakalar o‘tgach ishga otlanayotib o‘sha ko‘ylakka ko‘zim tushdi. Go‘yoki onamning ruhi oldida aybimni yuvmoqchi bo‘lganday ko‘ylakni kiydim, oynaga ham qarab o‘tirmadim. Ko‘ylak menga biroz kattaroq bo‘lgani uchun belimga rangiga mos kamar bog‘lab oldim. Bekatda qo‘shnimni uchratib qoldim.

– Voy-bo‘y, ko‘ylagingiz juda chiroyli ekan, qayerdan oldingiz? – deb so‘radi.

– Rahmatli onamning ko‘ylagi, – dedim sog‘inch bilan.

Ishxonaga borgan zahotim ayollar hol-ahvol so‘rashishgach ko‘ylagimni maqtab ketishdi. Onam aytganidek ko‘ylakning matosi juda sifatli bo‘lib, sira noqulaylik tug‘dirmadi. Uyga borib oynaga qaradim. Haqiqatdan ham o‘zimga juda yarashib turardi. Bichimi sipo, yenglari va yoqasi ustalik bilan tikilgandi. “Eh onajonim-a, –deyman oynaga qarab, –bejizga "bir kiyib ko‘rgin" deb zo‘rlamagan ekansiz-da. Nega o‘sha vaqtda hech bo‘lmaganda ko‘nglingiz uchun bir bor kiyib ko‘rmagandim... Kechiring meni onajon, g‘aflatda qolgan qizingizni kechiring...”.

Mana, kuz kelib kunlar soviy boshladi. Lekin onamning ko‘ylagini sira egnimdan qo‘ygim kelmayapti.

 

Ra’no Mahmudova

 

2 Izohlar

Abror

12:01 / 01.01.1970

Hikoya ajoyib, toʻgʻri onalarimizni koʻpincha bilib koʻnglini ogʻritib qoʻyamiz. Juda onamga boʻlgan munosabatimni yanada yaxshilashga, oʻzgartirishga sababchi chiroyli hikoya uchun rahmat Eh, onaa

Durdona

12:01 / 01.01.1970

O‘qiy boshlashim bilan ko‘zimga yosh oldim. Onamning hayot ekanliklari uchun ming shukurlar aytaman. Hikoyangiz tufayli onamni hoziroq borib bag‘rimga bosgim keldi. Uzoqda bo‘lganliklari uchun judayam sog‘inib ketdim.

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 412
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 470
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 282
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 260
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 226700
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108954
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56379
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41648
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 41012
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 32310
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31238
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30990
Alpomish

//