Dialektika


Saqlash
17:02 / 27.02.2023 0 13127

Dialektika (yunoncha dialektike – suhbat, bahs-munozara qilish) tabiat, jamiyat va tafakkur rivojlanishining eng umumiy qonuniyatlari to‘g‘risidagi ta’limot, falsafiy yondashuv va ilmiy bilish usullaridan biri. Qadimda dialektika suhbat, bahs-munozara vositasida haqiqatni ochish yo‘li va usuli sifatida talqin qilingan. Keyinchalik falsafiy tafakkur rivojlanib borishi bilan dialektikaning mazmuni ham boyib borgan.

Dialektika borliqdagi barcha narsalar, hodisalar, jarayonlar mazmun-mohiyatini, ularning o‘zaro aloqasi, sabab-oqibat bog‘lanishi, harakati, o‘zgarishi, ta’sirlashuvi va rivojlanishi bilan bog‘laydigan ta’limot sifatida e’tirof etiladi. Dialektika ta’limotiga ko‘ra, olamdagi barcha narsa va hodisalar, shuningdek, ular haqidagi tushuncha va bilimlar doimo o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi. Tabiiy hodisalarni, ijtimoiy hayot va tafakkur jarayonlarini dialektik nuqtai nazardan tahlil qilish ularning ob’yektiv aloqadorligini, zaruriy bog‘lanishlarini, o‘zgarish va rivojlanish qonuniyatlarini ochib berish, istiqbolni aniqlash, taraqqiyotga erishishning samarali yo‘llari va vositalarini ishga solish imkonini yaratadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

17:09 / 11.09.2026 0 19
Kuni irimga qolgan ilm

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 346
G‘ururdan baland mehr



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236777
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115328
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68975
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58589
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52530
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41571
“Avesto”

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40164
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40163
Alpomish

//