Manipulyatsiya


Saqlash
16:02 / 27.02.2023 0 4060

Manipulyatsiya (lotincha manipulus – qo‘l harakati) –

1) qo‘l mashqi qo‘l harakati, shu jumladan, qo‘l mahoratiga tayangan fokus namoyish qilish;

2) maxinatsiya, aldov, tovlamachilik, qalloblik orqali g‘arazli maqsadga erishish;

3) odamda ma’lum motivatsion holatlarning (hissiyotlar, attityudlar, stereotiplar) faollashuviga olib keladigan kommunikatsion ta’sir.

Bu ta’sir odamni har qanday xatti-harakatga undashi mumkin. Ayrim mutaxassislarning ta’kidlashicha, manipulyatsiya – psixologik ta’sir turlaridan biri hisoblanib, kishini ma’lum xatti-harakatlarni amalga oshirishga bilvosita undash orqali bir tomonlama yutuqqa erishish maqsadida foydalaniladi. Manipulyatsiyaning xatarli jihati shundaki, u ichki parokandalik, shaxs yaxlitligining buzilishi, uning tashqi ta’sirga berilib ketishiga sabab bo‘ladi. Amerikalik psixolog R.Chaldini manipulyatsiyaning bir necha turlarini ajratib ko‘rsatadi: masalan, yordam so‘rash; sotuvchining, reklamaning xaridorga ta’siri; siyosiy targ‘ibot; bolalarni tarbiyalash va hokazo. Uning fikricha, turli xil fondlar uchun mablag‘ yig‘uvchilar; ko‘chada savdo qiluvchilar; ishbilarmonlar; biznesmenlar; savdo agentlari; reklama xodimlari ham manipulyatsiyadan keng foydalanadi.

Manipulyatsiyaning ta’siri va oqibatlari ayniqsa, soxta diniy tashkilotlar, aqidaparast guruhlar faoliyatida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda avvalo odamlarning ongiga ta’sir etib, ularning xatti-harakati (individual jismoniy hayotni boshqarish, tobelik va bo‘ysunuvchanlikni shakllantirish), olayotgan ma’lumotlar haqiqiy holatni yashirish yoki buzib ko‘rsatish, tanqidiy ma’lumotlarni taqiqlash, tafakkurni (tashkilot g‘oyasini majburan singdirish, voqelikdagi xodisa-voqealarni ana shu g‘oya nuqtai nazaridan “yaxshi” va “yomon”ga ajratish, hissiyotlarini (shaxs hissiyotlarini zaiflashtirish, aybdorlik tuyg‘usini singdirish, gunoh, kamchilik va xatolarni rasman tan olishga undash, qo‘rquv xissidan foydalanish) nazorat etish orqali har qanday vazifa yoki topshiriqni bajaradigan, muayyan g‘oya va mafkuraga tobe etilgan, o‘zligidan mahrum bo‘lgan kimsalar shakllantiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 197
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 554
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 328
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 491
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 920
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232761
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112573
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65188
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55027
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49424
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39060
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38119
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36661
“Avesto”

//