Avtoritet


Saqlash
01:02 / 25.02.2023 0 3006

Avtoritet (lotincha autoritas – hokimiyat) – yakka shaxs yoki bir guruh shaxslarni kuch ishlatmay, zo‘ravonliksiz o‘z irodasiga mos fikrlash yoki ishlashga yo‘naltirishni anglatadigan tushuncha. Keng ma’noda bir shaxs yoki tashkilotning hayotda yoki jamiyatdagi norasmiy ta’siri (masalan, tarbiya, ilm-fan, san’at, madaniyat sohalarida); tor ma’noda esa, muayyan qonun va qarorlarni amalga oshirishning bir turini bildiradi. Ko‘p xollarda avtoritet qonun-qoida yoki ijtimoiy me’yorlarning ko‘pchilik tarafidan tan olinganini anglatadi. Avtoritetning mavjudligi hayotda uchraydigan muammolarni hal qilishning murakkabligi bilan bog‘liq.

 

Bu borada avtoritet egasining fikr-mulohazalari, noyob iste’dodi va salohiyatiga bo‘lgan ishonch muhim ahamiyat kasb etadi. Avtoritet ishlab chiqarishda, siyosat va boshqa ijtimoiy jabhalarda alohida individlar hamda mansabdor shaxslarning obro‘-e’tibori, ularning rahbarligida erishilgan yutuqlar bilan belgilanadi. Avtoritetga ega bo‘lgan shaxs o‘zi qaror qabul qilib, uning ijrosini o‘zi nazorat qiladi, bu jarayonning qanday va qaysi jabhada amalga oshishi jamiyatning tarixiy rivojiga ham bog‘liq bo‘ladi. Ingliz faylasufi T.Gobbs "Suveren avtoritet" asarida "...jamiyatni anarxiyadan saqlash, hammani hammaga qarshi kurashishdan qutqarishning yagona chorasi avtoritetdir" degan edi. XIX asr anarxistlari esa, har qanday individning erkinligi va shaxs egoizmini avtoritet ko‘rinishi sifatida e’tirof etgan. Nemis sotsiologi M.Veber tomonidan yaratilgan "avtoritetning formal tipologiyasi" g‘oyasiga ko‘ra, avtoritet hokimiyatga erishishda aniq bir qoidalarga rioya qilish va ularni qo‘llash chegarasini belgilaydi.

Shu bilan birga, uning fikricha, avtoritet tushunchasi biron-bir daho inson shaxsiyati bilan bog‘liq. Shu ma’noda, avtoritet faqat avliyolar, atoqli shaxslar, mutafakkirlar va siyosiy dohiylarga xos fazilatdir. Xozirgi zamon falsafasida avtoritet to‘g‘risida xilma-xil qarashlar mavjud bo‘lib, ularda asosan inson, uning obro‘-e’tibori, gohida esa ba’zi shaxslarga xos bo‘lgan, boshqalarda uchramaydigan xususiyatlarini ulug‘lash yoki mutlaqlashtirish (superinson g‘oyasi) kabi masalalarga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 345
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 582
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 518
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 858
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 560
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233876
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113279
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67591
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56435
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50856
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39410
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39184
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38618
“Avesto”

//