Marginal shaxs


Saqlash
17:02 / 24.02.2023 0 5199

Marginal shaxs – (lotincha marginalis – arosatdagi shaxs) – muayyan ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi oraliq vaziyatni egallagan individ yoki biror tabaqa, qatlamga mansub bo‘lmagan individni ifodalovchi atama. Marginal shaxs atamasi amerikalik sotsiolog R.Park tomonidan XX asrning 20-yillarining ikkinchi yarmida mulatlarga nisbatan ilk bor qo‘llangan. Uning fikricha, jamiyatda egallab turgan mavqeiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga, ya’ni bezovtalik, tajovuzkorlik, shuhratparaslik, qiziqqonlik, tortinchoqlik va egoistik jihatlarga ega bo‘lgan kishilar marginal shaxslardir.

Marginallik xolati individ yoki guruhning ruhiyati, maqomi, jamiyatda tutgan o‘rniga muayyan ta’sir o‘tkazib, ularning ijtimoiy-siyosiy xulq-atvorida yaqqol namoyon bo‘ladi. Marginal shaxs va marginallik ko‘proq qoloq mamlakatlar ijtimoiy hayotiga xos xodisa bo‘lib, ayrim hollarda jamiyat taraqqiyotiga, uning iqtisodiy va siyosiy barqarorligiga xavf tug‘diradi. Masalan, Bangladesh, Birma, Shri-Lanka singari Osiyo va bir qator Afrika davlatlarida marginal qatlamlar ta’sir kuchiga ega bo‘lib, davlat to‘ntarishlari, milliy-etnik to‘qnashuv-mojarolar, uyushgan jinoyatchilikning avj olishi, ya’ni ijtimoiy barqarorlikning izdan chiqishiga sabab bo‘ladi. Shunday qilib, marginal shaxs deganda mamlakat aholisi ma’lum bir qismining "arosatda qolgan", o‘z ijtimoiy guruhidan begonalashgan, boshqa ijtimoiy guruhga qo‘shilib, uning tarkibida o‘z ijtimoiy maqomiga ega bo‘lmagan, huquqiy holati noaniq yoki haq-huquqlari aniq belgilanmagan guruh yoki shaxs tushuniladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 345
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 582
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 518
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 858
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 560
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233876
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113279
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67591
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56435
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50856
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39410
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39184
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38618
“Avesto”

//