Varvarlik


Saqlash
22:02 / 23.02.2023 0 1186

Varvarlik – Ma’naviyat talablariga zid holat bo‘lib,

1) ijtimoiy taraqqiyot to'g'risidagi ba’zi nazariyalarda jamiyatning rivojlanish bosqichlaridan biri;

2) qadimgi yunonlar tomonidan ularga tili notanish bo‘lgan qabilalarga berilgan nom;

3) zamonaviy nuqtai nazardan qaraganda  nodon, johil va shafqatsiz odamlar faoliyati

kabi ma’nolarni anglatuvchi tushuncha YUNESKO qaroriga binoan insoniyatning noyob tarixiy obidalari qatoriga kiritilgan Afg‘onistonning Bomiyon viloyatidagi qadimgi Budda haykalining tolibonlar tomonidan zambaraklar bilan o‘qqa tutib, vayron etilishi varvarlikning eng achinarli ko‘rinishidir.

 

 Ilm-fanda bu atama birinchi bor amerikalik antropolog L.Morgan tomonidan qo‘llangan. Uning fikricha varvarlik, tarixiy ma’noda, jamiyat rivojidagi ibtidoiy jamoa tuzumining yovvoyilikdan keyingi va sivilizatsiyadan oldingi ikkinchi davrini ifodalaydi. Mazkur tushuncha haqida shotlandiyalik faylasuf A.Fergyusson 1767 yili chop etilgan "Fuqarolik jamiyati tarixi bo‘yicha esse" kitobida fikr yuritib, jamiyat taraqqiyotining sivilizatsiyali bosqichi yovvoyilik va varvarlik bosqichlari negizida vujudga kelganini uqtiradi. Tajovuzkor siyosat olib borgan davlat yoki urush tarafdorlariga nisbatan ham varvarlik atamasi ishlatiladi. Masalan, Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar tomonidan minglab shahar va qishloqlarning vayron etilgani, millionlab kishilarning qirib tashlangani varvarlikning shafqatsiz ifodasidir. Bugungi kunda ba’zi G‘arb mamlakatlarida yoshlar tomonidan sodir etilayotgan buzg‘unchi xatti-harakatlar, turli shaharlarda uylar, transport vositalarining yoqib yuborilayotgani, tobora kuchayib borayotgan odam savdosi kabilar ham bunga misol bo‘lishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:05 / 05.05.2026 0 158
Demokratiyani o‘rgatuvchi oʻyin qanday yaratilmoqda?

Bilasizmi?

12:05 / 04.05.2026 0 254
Yigit va o‘git

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 471
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 234269
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113492
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68011
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 57032
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 51430
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 39871
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39559
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39430
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//