Odamni yo‘q qilish mumkin – yengib bo‘lmaydi: Hemingueyning “Chol va dengiz” idan 10 iqtibos


Saqlash
17:02 / 23.02.2023 0 3017

Mening zangsoatim — qarilik. Qariyalar nega buncha erta uyg‘onadilar? Ehtimol, hech bo‘lmaganda kunini biroz cho‘zish niyatidadir?

 

***

 

Endi o‘zingda yo‘q nimarsa haqda o‘ylashning vaqtimas. Yaxshisi bor narsa bilan nimadir qilish haqida fikrlagan yaxshi.

 

***

 

Baxt odamga turfa ko‘rinishda beriladi, uni qanday tanir eding ham? Men, masalan, qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, chimdim bo‘lsa ham baxt olar va uning haqiga nima so‘rashsa, to‘lar edim.

 

***

 

Odam mag‘lubiyat payti tishini-tishiga bosish uchun yaratilmagan. Odamni yo‘q qilish mumkin – yengib bo‘lmaydi.

 

***

 

Uning bari narsasi eski edi – faqat ko‘zlari, uning ko‘zlari dengizdan rang olgan, yengilish nima bilmaydigan quvnoq kishining ko‘zlari edi…

 

***

 

U ahvolimni yaxshi deb o‘ylagani tuzuk, shunda mening ahvolim ham yaxshi bo‘ladi.

 

***

 

Nimaning gunoh, gunoh emasligi haqda o‘ylashning keragi yo‘q. Dunyo bundan-da muhim o‘ylovlarga to‘lib yotibdi.

 

***

 

Qariya dengizni ayolni o‘ylagandek xayolidan chiqazmasdi, dengiz unga xuddi ayol kabi buyuk iltifotlar qilar, yo ularni tortib olar va agar u tasavvurga sig‘maydigan qiliqlar qilgudek bo‘lsa – qo‘lingdan nima ham kelardi, tabiati shu.

 

***

 

Dengizdagi odam hech qachon yolg‘iz bo‘lmaydi.

 

***

 

Hech narsa ikki marta takrorlanmaydi.

 

Alisher FAYZULLAYEV tayyorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Qatra

11:09 / 17.09.2025 0 379
Qahramon

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 949
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 988
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 228729
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 110246
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 59332
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 47199
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 43287
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 36810
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 34966
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 32070
Kompetentlik

//