Bevaqt qoʻngʻiroq


Saqlash
15:02 / 03.02.2023 0 1354

Bevaqt qoʻngʻiroq

Sapargulning telefoni jiringladi:

– Ha qizim?

– Oyi, meni olib keting. Men u bilan yashay olmayman.

Sapargul hayron. Bundan bir oy oldin qizi: “Men usiz yashay olmayman” degani uchun oʻsha yigitga uzatgan edi.

Muslima Mambetniyazova

 

Quvonch va qaygʻu

 U 18 yildan beri xotinining oʻlgan kunini tort va shampan vinosi bilan nishonlaydi. Qizi bu yil 18 ga toʻldi.

Shaxnoza Tursinbayeva

 

Adolat

 

– Ogʻa bu dunyoda adolat bormi?

– Albatta! Yaxshi ham, yomon ham bir kun kelib oʻladi. Shuning oʻzi adolat.

Islam Tilepov

 

Ishonch

– Yoʻq, yoʻq. U “alkash” emas. U keladi. Onam aldayapti. Kutaman...

Har oqshom shunday pichirlaydi qiz, onasi yirtib tashlagan otasining boshi yoʻq suratini quchoqlab.

Dinara Gʻayipbayeva

 

Abort

Xotini:

– Qiz ekan.

Eri:

– Kel, yana harakat qilib koʻramiz.

Mexribanu Mambetnazarova

 

Soʻnggi iltimos

Islom ogʻir-ogʻir nafas olarkan, Xudodan soʻradi:

– Allohim, soʻnggi marta onamni koʻrsam edi...  U shunday deya koʻzlarini yumdi. Va onasi uning qoʻllaridan tutib olib ketdi.

Baxtiyar Tursinbayev

 

Qoraqalpoq tilidan Nodirbek YOʻLDOSH oʻgirdi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 246
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 242
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 597
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 354
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 528
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232983
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112760
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65391
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55228
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49590
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39118
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38217
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36926
“Avesto”

//