Shoirlik


Saqlash
15:10 / 04.10.2021 0 1705

Dog‘istonning ulug‘ shoiri Rasul og‘a Hamzatov maktabda o‘qib yurgan kezlarida qo‘shni partada o‘tiradigan bir qizni yoqtirib qolibdi. Falakning gardishini ko‘ringki, balog‘atga yoshiga yetganda qiz boshqaga turmushga chiqib, Rasul og‘a boshqaga uylanib ketibdi.

Yillar o‘tibdi. Rasul Hamzatov nainki SSSR atalmish ulkan mamlakatga, butun jahonga ma’lum va mashhur shoir bo‘lib ketibdi. O‘sha qiz gap-gashtaklarda: «Rasul menga ishqiy she’rlar yozaverib-yozaverib shoir bo‘p ketdi, uni men shoir qilganman» deb maqtanib yurarkan.

Bu gap Rasul og‘aning ham qulog‘iga yetib boribdi. Bir tadbirda ittifaqo ikkalasi uchrishib qolishibdi. Hol-ahvol so‘rashgandan so‘ng, Rasul og‘a «Ering nima ish qiladi?» deb qiziqibdi.

«Falon bazada bosh buxgalter» deb javob beribdi ayol. Rasul og‘a ajablangan bo‘lib gap bilan uzib olibdi: «Iye, nega uni shoir qilmading?!»

Sharof Boshbekov

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

15:07 / 30.07.2026 0 332
G‘ururdan baland mehr

Hikmat

16:07 / 23.07.2026 1 353
Eng qimmat shirinlik



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 144 236730
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 115311
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 68929
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 58420
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 52486
Xarakter

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 41462
“Avesto”

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 40119
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 40114
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//