Xalq shoiri qabriga qoʻyilgan poyabzal


Saqlash
21:01 / 31.01.2023 1 1943

Ozarbayjon xalq shoiri Voqif Samadoʻgʻlini dafn etish marosimida koʻpchilikni hayajonga solgan bir voqea yuz beradi. Shoir koʻmilgan qabr oldiga uning muxlisi boʻlmish yosh talaba qiz tomonidan bir juft oyoq kiyimi qoʻyildi. Uning yonida Voqif Samadoʻgʻlining mashhur sheʼri qoʻlda yozilgan bir varaq oq qogʻoz ham bor edi:

«Məzarıma

nə başdaşı qoyun,

nə heykəl.

Bir cüt ayaqqabı qoyun,

ayağıyalın

geyib getsin…».

(Mozorimga

na qabrtoshi qoʻying.

na haykal.

Bir juft poyabzal qoʻying,

oyoqyalang

kiyib ketsin…)

 

Muxlisaning buyuk shoirga boʻlgan muhabbatini bu tarzda namoyon etgani marosim ishtirokchilarini qattiq hayajonga soldi. Voqif Samadoʻgʻlining umr yoʻldoshi Nushaba xonim bu holatni shoirga boʻlgan xalq muhabbatining ifodasi deb aytadi.

Xurshid Davron

1 Izoh

Otabek

12:01 / 01.01.1970

Ustozga boʻlgan hurmatimiz cheksiz

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 203
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 215
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 571
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 340
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 507
Kelajak bor



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232851
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112640
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 65260
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 55078
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49459
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39080
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 38151
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36734
“Avesto”

//