...Oybek ana shunday mushkul bir sharoitda “Navoiy” romanini yozib tugatdi.
Elektr yoʻq – hanuz bizga kelib yetmagan. Oʻtin-koʻmir yoʻq – pech yoqolmaymiz. Bir qop, yarim qop koʻmirni amal-taqal qilib topamiz. Sandalda oʻtirib kun koʻramiz. Baʼzan qop koʻtarib, Oybek koʻmir izlab ketadi. Uy sovuq boʻlganidan bolalar koʻpincha sandalga tiqilib, uxlab qoladilar.
Bir kecha, yodimda, Oybek yozib oʻtirardi. Men ham yozibmi, oʻqibmi, oʻtiribman.
– Zarifa, qornim och, juda ochiqdim, deb qoldi Oybek.
Men nima deyishni bilmayman, indamadim, javob qilolmadim. Negaki, uy qup-quruq edi.
– Biror narsa yoʻqmi? – soʻradi Oybek.
Oʻrnimdan turib, shkafni axtardim. Hujradagi xurmacha, xaltalarni tekshirdim. Bir hovuch yirik kepak, bir-ikki qoshiq shakar topdim, soʻng xurmachaning tagini sidira-sidira bir qoshiq yogʻ oldim. Primusda kepakni qovurib, soʻng unga shakar aralashtirib, dasturxonga tortdim. Bilmadim, bu qanday taom boʻldi ekan? Oybek hazratlari nomi menga ham nomaʼlum boʻlgan bu taomdan bir-ikki marta qoshiq uchida olgan boʻldi. Soʻng “Sen xam yegin”, deb meni qistadi.
– Yoʻq, ochiqmadim. Oʻzingiz yeya bering, – dedim unga.
Mening ham qursogʻimda hech narsa yoʻq, faqat qanoat bor, xolos.
Oybek ozgina yedi. Ozginasini qoldirib, dedi:
– Ertalab bolalarga berarsan.
Menga boqib jilmaydida, tagʻin yozuvga kirishdi. Bilmadim, bemazalikdan yeya olmadimi yoxud bolalarga ilinib, tomogʻidan oʻtmadimi?..
Ikkovimiz ham sandal chetida oʻtiribmiz. Men bu kechani sira unutolmayman. Tovoq-tovoq palovlar, kaboblar, somsalar, patirlar toʻla uyimiz olqib-chalqib turganda, bizning oʻsha gʻarib kechamiz koʻz oldimga keladi, hamisha...
Zarifa SAIDNOSIROVA
Qatra
Bilasizmi?
Qatra
Qatra
Bilasizmi?
Hikmat
Qatra
Hikmat
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
Qomus
//
Izoh yo‘q