O‘zingga yoqadigan bir narsani top va o‘sha seni o‘ldirishiga qo‘yib ber – Bukovskidan 15 iqtibos


Saqlash
17:11 / 16.11.2022 0 1675

Asli kelib chiqishi nemis bo‘lgan amerikalik yozuvchi, shoir, jurnalist Charlz Bukovski “isqirt realizm” yo‘nalishining yorqin vakillaridan biri; uning hayotga, jamiyatga nisbatan teran falsafiy nigohi doim kitobxonlarga qiziq bo‘lgan. U ko‘zlari bilan ko‘rib turgan hayotni qoramtir (kir) ranglar bilan tasvirlar ekan, ba’zida bu asarlarda nekbinlikning yo‘qligi odamni bo‘g‘ib yuboradi, ammo oxir-oqibat o‘quvchi Bukovski haqiqatlarini, hatto uning o‘zini ham boricha qabul qila boshlaydi. Quyida adibning 15 iqtibosi taqdim etilmoqda.

 

1. Bu dunyoning muammosi shundaki, tarbiyali odamlar o‘ziga nisbatan shubhaga to‘la, ahmoqlar esa ishonchga.

 

2. Dunyoni qutqarmoq uchun har bir odamni alohida, birin-ketin qutqarish lozim; barchani qutqarish – bu romantizm, yo siyosat.

 

3. Yozuvchi degani hayotdan qo‘l siltagan odam, agar uning umidi bo‘lsa, u yozuvchi bo‘lishni tark etadi.

 

4. 25 yoshida har bir odam daho, 50 ga yetganda esa buning uchun nimadir qilishga majbursiz.

 

5. Bir odamni alday olganing uning laqmaligini anglatmaydi, aksincha, senga loyiq ekaningdan ortiq ishonilganidan dalolat bu.

 

6. Go‘zallik – arzimas narsa. Xunuk bo‘lganing uchun xursand bo‘lishing kerakligini o‘zing ham anglamaysan, axir odamlarga yoqa boshladingmi, bilki, gap butunlay boshqa masalada.

 

7. – Sendagi eng yoqimli narsa, – dedi Lidiya, – bu sening televizoring yo‘qligi.

 

8. O‘zingga yoqadigan bir narsani top va o‘sha seni o‘ldirishiga qo‘yib ber!

 

9. Mening ambitsiyalarim mening tanballigim bilan cheklangan.

 

10. Bizning paytimizda yaxshi odamni topish mushkul.

 

11. Hammamiz o‘lamiz, bitta qolmay, xo‘sh, bu tomoshalar nega? Bitta shuning o‘zi bir-birimizni sevishga, qadrlashga majbur qilishi kerak edi, ammo yo‘q. Biz o‘ta mayda narsalar tufayli qo‘rquvga tushib ezilamiz, arzimas narsalar uchun ich-etimizni yeymiz.

 

12. Ko‘pchilik adolat haqida bu shaxsan ularga tegishli bo‘lgandagina gapirib qoladilar.

 

13. Adabiyotsiz hayot – jahannam.

 

14. – Kimlardir hali ham sizning she’rlaringiz vaqtni bekorga sarflash deb qabul qilar ekan. – Nima vaqtni bekorga sarflash emas ekan? Ba’zilar marka yig‘adilar, yana birovlar o‘z buvilarining joniga qasd qilish payida yuradilar. Barimiz shunchaki kutamiz, mayda-chuydalar bilan vaqt o‘tkazgancha o‘limimiz kelishini kutamiz.

 

15. Odamzod – o‘z imkoniyatlarini bekorga sarflovchi noumid mahluq.

 

Alisher FAYZULLAYEV tayyorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 146
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 509
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 281
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari

Bir kuni...

11:02 / 05.02.2026 0 456
Kelajak bor

Bir kuni...

17:11 / 10.11.2025 0 877
Ko‘rpacha



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 232555
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 112402
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 64804
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 54747
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 49253
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39003
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 37951
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 36463
“Avesto”

//