Alber Kamyuning “Vabo” romani: odamlarni birlashtirishning birdan-bir chorasi – ularga vabo yuborish


Saqlash
21:11 / 14.11.2022 0 2221

Tabiiy ofat o‘zi asli odatiy narsa, hatto boshimizga tushgan kezda ham unga ishonishingiz qiyin. Dunyoda urush, vabo deganlari doim bo‘lib turadi. Lekin, odatda urush ham, vabo ham odamlarni g‘aflatda qoldiradi.

 

* * *

Urush boshlanib qolsa, odamlar: “E-e, uncha cho‘zilmaydi, chunki bu o‘taketgan nondonlik”, deyishadi. Chindan ham, aslida urush – o‘taketgan nodonlik, lekin, baribir, nodonligi uning cho‘zilishiga to‘siq bo‘lolmaydi. Umuman olganda, nodonlik – haddan ortiq sobit narsa, agar faqat o‘zingizni o‘ylab qolmasangiz, buni tushunish uncha qiyin emas.

 

* * *

Urushni boshingdan o‘tkazsang, bitta o‘lik nimaligini tasavvur etishing qiyin bo‘ladi. Agar uni o‘lik holda ko‘rsang, o‘lgan odam ham ko‘z oldingda bir salmoqqa ega bo‘ladi, lekin bashar tarixida sochilib yotgan yuz million o‘lik, mohiyatan olganda, xayolni pardalab qo‘yadigan bir tuman, xolos.

 

* * *

Agar vaboning yo‘li kesilsa, qolgani iz-iziga tushib ketadi. Aks holda, odamlar vabo nimaligiga, keyin uni yengish uchun avval unga ko‘nikish vositalari bor-yo‘qligiga o‘rganib qoladilar.

 

* * *

... endi hech narsaga yaramay qolgan xotira bilan yashash – mana, bu qanday azobli.

 

* * *

Boshqa, oddiy kunlarda biz, anglabmi, anglamaymi, poyonsiz muhabbat borligini tan olamizu, ayni paytda, hatto anchayin xotirjamlik bilan, o‘z muhabbatimizni shunchaki, ikkinchi nav, deb hisoblaymiz.

 

* * *

Ishga ko‘milgan er, kambag‘allik, istiqbolning asta-sekin berkilayotgan yo‘llari, shomlarda dasturxon uzra muallaq turadigan og‘ir sukunat – bunaqa dunyoda hissiyotga o‘rin topilmaydi.

 

* * *

...chol yon bermadi: “Eh, agar zilzila bo‘lsa! Boplab silkitadi – shu holda... O‘ladiganlaru qoladigan aniq bo‘lardi – vassalom. Bu manjalaqi vaboni aytmaysizmi! Hatto soppa-sog‘ odam ham kasallikni yuragidan chiqarib tashlolmaydi”.

 

* * *

Dunyoning hamma kasalligi qanday bo‘lsa, shunday. Bu dunyoning xastaliklariga nima mos tushsa, shu vaboga ham to‘g‘ri keladi. Ehtimol, kimgadir yaxshiroq ham bo‘lar. Lekin vaboning shuncha qayg‘u va kulfat keltirayotganini ko‘rib turib, u bilan murosa qilish uchun telba, so‘qir yo shunchaki ablah bo‘lish kerak.

 

* * *

Dunyoda bor yomonlik qariyb hamisha nodonlikdan kelib chiqadi va har qanday yaxshilik, agar u keragicha ma’rifatli bo‘lmasa, yomonlikdan kam kulfat keltirmaydi. Odamlar – yomondan ko‘ra yaxshiroqlar va, mohiyatan olganda, gap bunda emas. Lekin ular u yoki bu darajada bexabarlikda yuradilar, ustiga ustak, hamma narsani bilishni da’vo qiladigan va shu bilan o‘zini o‘zi ado etishga yo‘l qo‘yadigan avomlikdan dahshatliroq illat yo‘q. Qotilning ko‘ngli so‘qir bo‘ladi va mutloq aniq ko‘rishsiz haqiqiy yaxshilik ham, go‘zal muhabbat ham uchramaydi.

 

* * *

Vaboni anglash uchun kuzatish, tafakkur qilish kerak bo‘ladi. Zero u faqat o‘zining, shunday aytilsa, nuqul salbiy alomatlari bilan ko‘rinadi.

 

* * *

...fojiadan ham jozibasizroq manzaraning o‘zi yo‘q, eng buyuk halokatlar ham o‘zining cho‘zilishi bilan zerikarli. Dahshatli vabo kunlaridan tirik chiqqan odamlar xotirasida bu kunlar bahaybat va mudhish yong‘in timsolida emas, ko‘proq bir joyda turib olib, hammani tagida toptab-yanchayotgan nihoyasiz bir depsinish bo‘lib gavdalanadi.

 

* * *

“Men unga odamlardan uzilib qolmaslikning birdan-bir chorasi – eng avvalo, vijdonni toza saqlash, deb rosa uqtirdim, ammo foyda bermadi. U menga xo‘mrayib: “E, bilasizmi, har bir odam o‘zicha yashaydi”, dedi. Keyin qo‘shib qo‘ydi: “Nima desangiz deng, lekin mening gapim shunday: odamlarni birlashtirishning birdan-bir chorasi – ularga vabo yuborish. Atrofga bir qarab qo‘ying, axir!”

 

* * *

Epidemiya qanday kelgan bo‘lsa, shunday ketayotganini qayd etish mumkin. Unga qarshi kurashda qo‘llangan strategiya o‘zgargani yo‘q, kecha samarasiz bo‘lgan bo‘lsa, bugun ayon muvaffaqiyat keltirayotgan edi. Ishqilib, kasallik o‘zini o‘zi ado qildi, yo, ehtimol, mo‘ljalga olgan hamma joylarga ziyon yetkazib, keyin chekindi degan tasavvur tug‘iladi. Qay bir ma’noda, u o‘z rolini o‘ynab bo‘lgan edi.

 

* * *

Ba’zi birovlarining ko‘ngliga vabo shunday chuqur ishonchsizlik solib qo‘ydiki, undan qutulish dargumon edi. Endi ularga umidning hukmi o‘tmaydi. Ular hatto vabo mavsumi tugagandan keyin ham uning qoidalari bilan yashayverdilar.

 

Bekzod SAYFIYEV tayyorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

17:11 / 21.11.2024 0 100
“Tarif”ning ta’rifi va tarixi

Qatra

17:11 / 21.11.2024 0 352
Yoshlar yomonlanadigan davralarda o‘tirmayman

Bilasizmi?

10:11 / 20.11.2024 0 123
“O‘dag‘a”ning o‘dag‘aylagani

Qatra

21:11 / 11.11.2024 0 213
Moʻjizaning bahosi

Qatra

15:11 / 08.11.2024 0 523
Ota va yetti o‘g‘il hikoyasi

Bilasizmi?

23:11 / 01.11.2024 0 943
“Birpas”mi, “ikkipas”?..



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 218712
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 104466
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 33964
Milliy urf-odatlar

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 27296
Kompetentlik

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 26431
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 25007
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 24813
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 21672
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

//