Italiya o‘g‘rining yelkasiga boshini qo‘yib, ho‘ng-ho‘ng yig‘layotgan piyanista – Etel Lilian Voynichning “So‘na” romani


Saqlash
15:11 / 04.11.2022 0 1534

Bizni sevadilarmi yo sevmaydilarmi, bunga qarab ish qilmasligimiz kerak.

 

* * *

U ko‘rmagan, bilmagan dunyo qop-qorong‘i xandaq bo‘lib chiqishi mumkin; ...achingulik, qarab turgulik hech nima yo‘q. Orqada hayotning iflos yolg‘onlar, qo‘pol aldovlar va badbo‘y bilan to‘lib yotgan, hatto odamni ko‘mib tashlashga ham sayozlik qiladigan turg‘un botqog‘i qolayotir.

 

* * *

Men biladigan eng dahshatli qurol – kulish, masxara qilish.

 

* * *

“Italiyani o‘g‘rining yelkasiga boshini qo‘yib olib ho‘ng-ho‘ng yig‘layotgan piyanistaga o‘xshatgan joyi juda alomat chiqqan; piyanista o‘g‘riga suyanib yig‘layapti-yu o‘g‘ri uning cho‘ntagini kavlayapti...”

 

* * *

Haqiqat – zanjirda saqlanishi lozim bo‘lgan it.

 

* * *

Turmushda janjal bo‘lib turmasa, odam bo‘g‘ilib ketadi. Yaxshi janjal – yerning tuzi, emish.

 

* * *

Menda ziddiyat ruhi kuchli, shuning uchun yashashga bel bog‘ladim.

 

* * *

Bola qilishi kerak bo‘lgan eng bama’ni ish – katta odam bo‘lishdan nafsini tiyish.

 

* * *

Biz hamisha qilib turgan ishimizdan ko‘ra yaxshiroq ishga yaraymiz.

 

* * *

Pichoq dilsiyohliklarning ko‘pini yo‘qotishi mumkin, lekin hammasini emas.

 

* * *

Siz bo‘lsangiz, juda ham alomatini o‘ylab chiqaribsiz. “Marhamat qilib, o‘zingizning o‘ldirilishingiz haqidagi hukmga qo‘l qo‘yib bermaysizmi? Men qo‘l qo‘yay desam, ko‘nglim yumshoqlik qilayapti”, deysiz.

 

Bekzod SAYFIYEV tayyorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Hikmat

09:04 / 15.04.2026 0 357
Qarz boʻlmaslik “siri” haqida rivoyat

Bilasizmi?

15:03 / 19.03.2026 0 594
Oʻzbekistonga yashirincha kelgan yevropalik sayyoh

Bilasizmi?

10:02 / 25.02.2026 0 540
Evtanaziya huquqmi yo qadriyatlarga qarshilik?

Bilasizmi?

17:02 / 23.02.2026 0 876
Nega 23-fevral emas, 14-yanvar?

Bilasizmi?

12:02 / 16.02.2026 0 569
Boqiylik formulasi: Qadimgi Misr mumiyolash sirlari



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 233908
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 113290
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 67654
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 56500
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 50916
Xarakter

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 39419
Alpomish

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 39214
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:04 / 25.04.2023 1 38680
“Avesto”

//