Omad kelmagach, bari bema’ni tuyulaveradi – Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo”sidan sara satrlar


Saqlash
22:10 / 25.10.2022 0 1104

Odamlar hammadan ko‘proq nimadan qo‘rqadilar? Bir yangi ishga jazm qilishdan, bir yangi so‘z aytishdan hammadan ko‘ra ko‘proq qo‘rqadilar...

 

* * *

Kambag‘allik ayb emas, biroq yo‘qchilik bu – illat. Siz kambag‘alchilikda hali o‘zingizning tug‘ma olijanob fazilatlaringizni saqlab qolgan bo‘lasiz, yo‘qchilikda esa ularni hech qachon va hech kim saqlab qola bilmaydi.

 

* * *

Odamni o‘zingdan nari itarganing bilan uni tuzatib bo‘lmaydi, buning ustiga yana u yosh bola bo‘lsa. Yosh bola bilan yana ham ehtiyotkorroq bo‘lib muomala qilish kerak.

 

* * *

Yolg‘on gapni har doim ham kechirib yuborish mumkin; yolg‘onchilik shirin narsa, chunki u to‘g‘ri gapni topib beradi.

 

* * *

Bir o‘limga hukm etilgan odam qatl etilmasidan bir soat oldin, agar men juda ham baland bir yerda, qoyaning tepasida, faqat ikkita oyoq sig‘adigan bir joyda yashashimga to‘g‘ri kelganda, atrofim esa zimiston qorong‘ulik, tubsiz, intihosiz okean, abadiy zulmat, abadiy yolg‘izlik va abadiy bo‘ron esib yotgan bir muhit bo‘lsa-yu, shu bir qarich yerda tik turib, bir umr, ming yil, million yil yashashga to‘g‘ri kelsa, shunda ham shu hayot o‘lib ketganga qaraganda ming marta afzal, deb bilardim! – degan ekan. Faqat yashamoq, yashamoq va yana yashamoq!

 

* * *

Berkitadigan narsasi bo‘lmagan kishilar o‘zlarini baxtli deb bilsalar arziydi.

 

* * *

Odamning tabiatini bir chekkaga yig‘ishtirib qo‘yib, mantiqning o‘zi bilan ish ko‘rib bo‘lmaydi! Mantiq bilan hodisaning uch tomonini ko‘rish mumkin, inson tabiati esa millionlab ko‘rinishlarga ega!

 

* * *

Hayotning butun sir-asrorlari ikki taboq hajmli kitobcha ichiga bemalol sig‘ib ketadi!

 

* * *

Tabiat qonunlariga ko‘ra, odamlar umuman ikki toifaga bo‘linadilar: past toifa (odmi odamlar), o‘ziga o‘xshaganlarni urchitishdan boshqa narsaga yaramaydilar, ular urchish materialidirlar, va ikkinchisi, odam deb sanasa arziydigan va hayotda, o‘z muhitida yangilik, yangi so‘z barpo qilish iqtidoriga, qudratiga ega bo‘lganlar (favqulodda). Birinchi toifadagilar – bugungi kunning sohiblari, ikkinchidagilar esa kelajakning egalaridir. Birinchilar dunyoni eminlikda saqlab turadilar, moddiy borliqni miqdoran ko‘paytiradilar, ikkinchilar esa dunyoni harakatga keltiradilar va uni maqsad sari olib boradilar.

 

* * *

Kimda vijdon bo‘lsa, xatosini anglasa, o‘zi azobini tortaveradi. Bu jazo uning uchun katorgadan ham battar.

 

* * *

Keng fikrli qalbi teran odamlar uchun azob va dard chekish shart doimo. Menimcha, chinakam buyuk odamlar yorug‘ dunyoga kelib ulug‘ bir azob tuysalar ajabmas.

 

* * *

Hamma narsada chek-chegara degan narsa borki, undan naryog‘iga o‘tish xatarlidir. Zotan, bir marta chegaradan chiqdingmi, keyin orqaga qaytish kerak bo‘ladi.

 

* * *

Yoshlar uchun eng xatarli narsa ham shu, g‘ayratning o‘ziga yo‘l topolmay bo‘g‘ilib qolishi, mag‘rur intilishlarning o‘ziga yo‘l topolmasligi!

 

* * *

...omad kelmagandan keyin hamma narsa bema’ni bo‘lib ko‘rinadi!

 

* * *

Boshqalar nima derkin, deb o‘tirish ojizlikning birinchi belgisidir!

 

* * *

Bu dunyo yaralgandan beri olamda fikrlar va nazariyalar tug‘ilib, g‘alayon qilib, bir-biri bilan to‘qnashib keladi, xo‘sh mening fikrim nimasi, nimasi bilan ularning fikrlaridan jo‘nroq ekan, qani? Agarda bu ishga an’anaviy qarashlardan qutulib keng nazar tashlanganda edi, albatta, unda mening fikrim u qadar... g‘alati bo‘lib tuyulmasdi. O, siz chaqaga arzimaydigan donishmandu munkirlar, nega yarim yo‘lga yetmasdan tappa-taq to‘xtab qolasiz!

 

Bekzod SAYFIYEV tayyorladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi qo‘yilgan

Barchasi

Bilasizmi?

14:07 / 15.07.2025 0 17
“Kimsan” aslida kim?

Bilasizmi?

15:07 / 10.07.2025 0 268
Ozodlik haykaliga kimning yuz qiyofasi olingan?

Hikmat

10:07 / 03.07.2025 0 159
Armon bobo

Bilasizmi?

16:07 / 02.07.2025 0 130
Yelib keldi



Ko‘p o‘qilgan

Barchasi

Qatra

01:12 / 08.12.2021 143 225883
Oppoq qog‘oz va qora dog‘

Hikmat

01:12 / 03.12.2021 88 108347
Eshikka osilgan taxtacha

Qomus

22:08 / 04.08.2023 4 56005
Milliy urf-odatlar

Qomus

17:09 / 18.09.2023 0 41352
Nutq. Nutq madaniyati. Nutq odobi

Qomus

17:04 / 17.04.2023 1 40688
Xarakter

Qomus

20:07 / 28.07.2023 5 31961
Mehmon. Mehmondorchilik odobi. Mehmondo‘stlik

Qomus

16:12 / 29.12.2021 4 31029
Kompetentlik

Qomus

17:05 / 03.05.2023 1 30713
Alpomish

//